Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 195:
1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. Oʻsha davrda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va [[Oʻsh viloyati]]dan oʻqituvchilar yuborilgan. [[Oʻzbek SSR]] xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quydagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan Tulamov R., 1938-yilda [[Toshkent]]dan Toʻqtasinov O., Inoyatov Sh. va Dundiyev K.
 
Isfana„Isfana“ yetti yillik maktabini 1938-yilda yakunlagan birinchi bitiruvchilari quyidagi oʻquvchilardan iborat: Rustamov Gʻani, Qurbonov Tojiqoʻzi, Moʻminov Otabek, Xudoynazarov Ota, Yuldashov Otaqoʻzi. 1939-yilgi bitiruvchilar: Alimatov Mahmud, Yoʻldoshev Abdulla, Joʻraev Otaqoʻzi, Saksanov Akbarali, Sharipov Abdushait, Joʻraev Ilash va [[Matkarimov Usmon]].
 
Oʻsha paytlarda „Isfana“ maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida [[bolalar uyi]], ikkinchi qanotida [[Laylak tumani]] maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotida esa oʻquvchilar taʼlim olgan.
Qator 201:
Bolalar uyi 1949-yilda yopildi. Isfanada 1940-yildagi maʼlumotlarga qaraganda, toʻliqsiz oʻrta maktablar 1-4 sinf, 5-sinf, 6-7-sinf boʻlib hammasi 18 sinfni tashkil qilgan va bu sinflarda 322 oʻquvchi oʻqigan.
 
„Isfana“ maktabi 1960-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimga oʻtdi. 1961-yildan 1969-yilgacha maktab direktorlari boʻlinib ishlaganlar: Rajapov Gʻulom, Gaffarov Rizoqul, Qunduzova Xosiyat. Isfana„Isfana“ sakkiz yillik maktabi 1973-yili oʻrta maktabga aylandi, oʻrta maktabning taʼlim muddati 10 yilga uzaytirildi.
 
„Isfana“ maktabi oʻrta maktab boʻlganidan soʻng, yaʼni 1969-1986-yillarda maktab direktorlari: Xolmurzaev Ibragim, Goynazarova Xurmatoy (1986-1996), Komilov Dadajon (1996-2000), Uzoqova Mamlakat (2000-2003), Komilov Dadajon (2003-2010), 2010-yildan hozirgi kungacha — Roʻziboyev Inomjon.