Rudyard Kipling: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Rudyard Kipling''' ({{talaffuz|Redyard Kipling}}) (1865.30.12, [[Mumbay]] — 1936.18.1, [[London]]) — [[Inglizlar|ingliz]] yozuvchisi. [[Nobel mukofoti]] laureati (1907). Yoshligi [[Hindiston]]da oʻtgan. „Mahkama qoʻshiklari“ (1886) sheʼriy toʻplami, „Togʻ hikoyalari“ (1888) va „Uch soldat“ (1888) novellalari, „Nur soʻndi“ (1890), „Kim“ (1901) romanlarida [[Britaniya]] harbiy kuchlari, ingliz-sakson sivilizatsiyasi madh etilgan.
 
„Kazarma qoʻshiqlari“ (1892), „Yetti dengiz“ (1896), „Besh millat“ (1903) sheʼriy toʻplamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodi uslubiga yaqin. Bolalar haqidagi „Dovyurak dengiz sayyohlari“ (1897), „Shunchaki ertaklar“ (1902) qissalari, Mowgli ({{talaffuz|Maugli}}) sarguzashtlariga bagʻishlangan „[[Jungli kitobi]]“ (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. „Rikki-Tikki-Tavi“ (1964), „Mowgli“ (1974) va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==
{{OʻzME}}
{{manbalar}}
 
{{bio-stub}}
 
[[Turkum:Shoirlar]]
[[Turkum:Adiblar]]
 
{{Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari}}