Zotiljam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
Krupoz pnevmoniyani pnevmo-kokklar qoʻzgʻatadi. Mikroblardan tashqari organizmni kasallikka moyil qilib qoʻyuvchi baʼzi omillar (mas, shamollash) ham taʼsir etgandagina 3. paydo boʻladi. Shuning uchun krupoz pnevmoniya qishda koʻproq uchraydi. Ichkilikka mukkasidan ketgan kishilar (alkogoliklar) Z.ga koʻproq moyil boʻladi. Krupoz pnevmoniya, odatda, toʻsatdan boshlanadi: temperatura birdan 39,5— 40° gacha koʻtariladi, bemor qattiq qal-tiraydi, tez-tez yoʻtaladi, biqini, koʻkragi ogʻriydi, nafas olganda, yoʻtalganda va aksa urganida ogʻriq (sanchiq) kuchayadi. Sababi shuki, oʻpkaning yalligʻlangan boʻlagini qoplagan plevra ham yalligʻlangan boʻlishi mumkin. Bemor tez-tez,, yuza nafas oladi (halloslaydi), lunji qizaradi. Labi, burun kataklarining atrofiga uchuq to-shadi, oʻtkir yurak-tomir yetishmovchi-ligi kuzatiladi, bemorning aqvoli ogʻirlashadi. Goʻdaklarda, ayniqsa, nim-jon, chala tugʻilgan, raxit, anemiya, gipotrofiya bilan ogʻrigan bolalarda 3. juda ogʻir kechishi, agar oʻz vaqtida tib-biy yordam koʻrsatilmasa, koʻpincha nohush holatlarga sabab boʻlishi mumkin.
 
=== Ikki tomonlama pnevmoniya ===
 
Ikkala, o’ng va chap o’pkada kuzatilgan yallig’lanish. Bu holda, yallig’lanish jarayoni o’pkaning ma’lum bir qismlarini yoki yoki umuman butun qismini jalb qilishi mumkin. Asosiy farqi — shikastlanish hajmidan qat’i nazar, har ikki o’pkaga ta’sir qiladi.
 
Sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar kashf etilguncha 3. (ayniqsa bolalar va keksalarda) ogʻir oʻtib, koʻpincha oʻlimga olib kelar edi. Zamo-naviy davolash usullari qoʻllanila boshlagach, kasallik uzoqqa choʻzilmay bemor tez tuzaladigan boʻldi. Z.dan oʻlish deyarli hamisha vrachga kech murojaat qilishda oʻz vaqtida toʻgʻri davolan-maslik oqibati hisoblanadi.
 
== Davosi ==
Davosi. Kasallik zoʻriqib ketgan boʻlsa, bemor kasalxonada davolanadi. Bemorni toʻgʻri parvarish qilishning , shuningdek, antibiotiklardan toʻgʻri foydalanishning ahamiyati katta. Salqin, toza havo uyquni va nafas olishni yaxshilaydi, shuning uchun bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib turish muhim. Ichimlik (choy, meva suvi), suyuq ovqat (shoʻrva, ilitilgan tuxum, shirguruch, sut, sariyogʻ, qatiq, kefir, kisel va h.k.) tez-tez berib turiladi. Bemor terlaganda quruq sochiq, araq yoki teng baravar suv qoʻshilgan odekolon bilan artiladi. Ichi yurishishiga, siydigi kelishiga qarab turish zarur. Yurak-tomir sistemasi yaxshi ishlamaganda uning faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar buyuriladi, kisloroddan nafas oldiriladi va h.k. Orqaga gorchichnik qoʻyiladi, yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi (mas, korglyukon, strofantin) va balgʻam koʻchiruvchi dorilar tavsiya etiladi va b. Harsillash paydo boʻlsa, bemorning boshini balandroq qilib yotqizib qoʻyish kerak. Bemor gi-giyenik rejimga rioya qilishi, ochiq havoda sayr etishi, davo gimnastikasi bilan shugʻullanishi lozim. Kasallikning oldini olish, asosan, organizmning umumiy holatini yaxshilashga (chini-qish, badan tarbiya va b.), yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar ichish)ni tark etishga, infeksiya manbalarini yoʻqotishga va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilmogʻi lozim.
 
== Adabiyot ==
Qator 16 ⟶ 23:
 
{{OʻzME}}
[https://mymedic.uz/kasalliklar/pulmonologiya/pnevmoniya/ Pnevmoniya yoki zoiljam - Mymedic.uz]