Arthur Compton: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''KOMPTON (Compton) Artur Xolli''' (1892.10.9, Vuster, [[Ogayo]] — 1962.15.3, [[Berkli]]) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi. Ilmiy ishlari [[atom]] va [[yadro]] [[fizika]]siga, kosmik nurlar fizikasiga oid. [[Kavendish labarotoriyasi]] ([[Kembrij]])da [[rentgen nuri|rentgen nurlari]] sochilishi va yutilishini tekshirgan (1920). Modda elektronlari sochadigan rentgen nurlari [[toʻlqin uzunligi]]ning oʻzgarish effekti ([[Kompton effekti]])ni ochgan va yorugʻlikni [[foton]]lar oqimi sifatida tasavvur qilgan holda bu effekt nazariyasini yaratgan (1922). [[Metal]] va [[shisha]][lar sirtidan rentgen nurlarining toʻliq qaytish hodisasini aniqlagan. [[Kristall]]lar va ayrim atomlarda elektron zichligining taqsimlanishini hisoblash usulini ishlab chiqqan. Kosmik nurlarni tekshirish bilan shugʻullangan va birlamchi kosmik nurlarning korpuskulyar tabiatidan dalolat beruvchi effektni aniqlagan. Atom bombasini yaratishda katnashgan (1941—45). [[Nobel mukofoti]] laureati ([[1927]])<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref><ref>[http://www.nobelprize.org/ Nobel mukofoti sovrindorlari]</ref><ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{bio-stub}}
 
[[Turkum:Olimlar]]
[[Turkum:Kimyogarlar]]
{{Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari}}