Amir Nasrulloh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
merged from Nasrullaxon
Qator 1:
'''Nasrullaxon''' (1806.1.6 - Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 — 1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil v.e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826).
'''Nasrulla''' — [[Buxoro]] xoni (1827 — 1860).
 
N. oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. N. jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. N. davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.
 
N. Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun Qoʻqon xonlari tomonidan tortib olingan Xoʻjand, Ura-tepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi (1840—42). Fargʻona vodiysi ulamolarining tala-bi bilan Qoʻqonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qoʻqon xoni Muhammad Alixotsh qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi — mashhur shoira Nodirabetmnp ham oʻldirtiradi. N. tomonidan Qoʻqonga Ibrohim parvonachi mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahal-liy aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni koʻpaytirdi. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketadi. N. Marvni ham Buxoroga boʻysindiradi (1843). Shuningdek, N. qoʻshini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan soʻng Shaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valineʼma)ning singlisi Kenagasxonimga uylandi.
 
N. hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya man-faatlari oʻzaro toʻqnashgan davr hisoblanadi.
 
N. tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy "Fathnomai sultoniy" ("Sulton fathnomasi") asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yoshAhmad Donish N. nazariga tushib, sa-royga xizmatga olingan. N. Buxoroda dafn etilgan.
 
== Adabiyot ==
* Traktat Axmad Donisha "Istoriya man-gitskoy dinastii". Dushanbe, 1967; Mirza Abdal’azim Sami. Tarixi salatin-i mangitiyya. M., 1962; Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{OʻzME}}
 
 
{{Buxoro hukmdorlari}}
{{stub}}
{{Mong`iylar}}