Kuchala: Versiyalar orasidagi farq

1 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB)
Tahrir izohi yoʻq
'''Kuchala''', chayonoʻt ({{lang|la|''Arum korolkowii'' Rgl.}}) — 1) [[kuchaladoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub tuguvaqli, [[koʻp yillik oʻtlar|koʻp yillik]], [[zaharli oʻsimliklar|zaharli]] oʻt. Boʻyi 40—50 sm. [[Barg]]i shapaloq, uzun bandli. Barg bandining ostki qismi qin hosil qilib, [[poya]]ni oʻraydi. [[Gul]]lari ayrim jinsli, [[toʻpgul]]i soʻtasimon. Yuqori qismida [[changchi]], quyida esa urugʻchi gullar joylashgan. [[Toshkent viloyati|Toshkent]], [[Fargʻona viloyati|Fargʻona]] va [[Samarqand viloyati|Samarqand viloyatlari]]ning togʻ urmonlaridagio`rmonlaridagi zax yerdarda oʻsadi. May oyida gullaydi, [[urugʻ (oʻsimliklar)|urugʻ]]i iyunda pishadi. TuguvagidaTugunagida [[saponinlar|saponin]], [[kraxmal]], mevasida [[karotinoidlar|karotinoid]], likopin bor. Tugunagidan tayyorlangan tolqon xalq tabobatida ilon va chayon chaqqanda, kunjut moyiga qorilgan tolqonidan pishirilgan non bavosirni, asalga qorilgan K. tolqoni esa pesni davolashda qoʻllanadi. Yanchilgan tugunagini unga qorib [[sichqonlar|sichqon]], [[kalamushlar|kalamush]] va boshqa kemiruvchilarni zaharlaydigan xoʻrak tayyorlanadi; 2) koʻpchilik daraxt oʻsimliklar (qayin, terak, tol) ning shingilsimon toʻpguli; gullaganidan (urugʻchi K.) yoki urugʻlaganidan keyin (changchi K.) yaxlit toʻkiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Anonim foydalanuvchi