Spirtlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (3), va b. → va boshqa (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 1:
'''Spirtlar''' — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, [[metil spirt]], [[etil spirti|etil spirt]], [[allil spirt]]), alitsiklik (siklogeksanol), yogʻsiklogeksayogʻ aromatik ([[benzil spirt]]) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, S. bir atomli ([[alkogollar]]), ikki atomli ([[glikollar]]), uch atomli (k,. [[Glitserin]]), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar ([[geksitlar]], ksilitlar) boʻladi. S.dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.
 
S. odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: SN3ON (metil spirt), S3N7—ON ([[propil spirt]]) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga "ol" (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —ON guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Mac, SN3—SN(ON)— SN3 (propanol2), NOSN2—SN2— SN2ON (propandiol1,3).