Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+ wikilink + inf. from wiki (en)
Qator 15:
 
== Tarixi ==
[[File:Acta Eruditorum - III mappe Francia, 1703 – BEIC 13363829.jpg|thumb|''Francia'', 1703]]
F. hududida odam juda kddim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda F. hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan F. mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat "F." deb atala boshladi. [[1302]] y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. F. bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush ([[1337]]—[[1453]]) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya ([[1358]]) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida F. iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. F. qirollari Gʻarbiy [[Yevropa]]da oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. [[Oʻttiz yillik urush]]). 17-asrga kelib F. mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida F.Gʻarbiy [[Yevropa]]ning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo [[Ispaniya]] merosi uchun boʻlib oʻtgan urush ([[1701]] — [[1714]]) va nihoyat Yetti yillik urush ([[1756]]—[[1763]]) natijasida F.ning Shim. [[Amerika]] ([[Kanada]] va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent [[1792]] y. 22 sentabrda F.da respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent [[1793]] y. [[24 iyun]]da demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent ([[1794]]—[[1795]]) va Direktoriya rejimi ([[1795]]—[[1799]]) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, [[1804]] yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F. hududi birmuncha kengayib, [[Yevropa]]da F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. [[1814]]—[[1815]] va [[1815]]—[[1830]] yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. [[1815]] y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda ([[1815]] y. [[18 iyun]]) u magʻlubiyatga uchragach, [[Parij]] sulhiga muvofiq, F. [[1790]] y.gi chegarasiga qaytarildi. [[1830]] y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.