Bayron Jorj Noel Gordon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar
+img
Qator 1:
[[File:Letters and journals.tif|thumb|Byron, 1830]]
BAYRON (Vugop) Jorj Noel Gordon (1788.22.1, London - 1824.19.4, Misolungi, Gresiya) — ingliz shoiri, Kembrij untida oʻqigan. Lordlar palatasi aʼzosi (1809 y.dan). "Chayld Harold ziyorati" dostonini (1812, 1817 — 18) yaratdi. Sharq dostonlari turkumidagi "Kofir", "Abidoslik kelin" (1813), "Qaroqchi", "Lara" (1814), "Korinf qamali", "Parizod" (1816) kabi dostonlari Nizomiyning "Layli va Majnun", Firdavsiyning "Yusuf va Zulayho" asarlari taʼsirida yozilgan. B. 1817 — 22 y.larda Italiyada yashaydi. "Tasso shikoyati" (1817), "Mazepa" (1818) poemalari, "Manfred" (1817), "Xotin" (1821) dramalarida adolatsizlikka qarshi kurashga chaqiradi, inson va dunyo muammosi yetakchi mavzu boʻlgan. B. 1818 y.da "Don Juan" sheʼriy romanini yozishga kirishgan. Asarda inson va muhit masalasi birinchi oʻringa chiqqan. Bunda B. romantizmdan realizmga oʻtgan (asar tugallanmagan). Uning qator sheʼrlari, "Chayld Harold ziyorati", "Manfred", "Shiylon tutquni", "Shiylon soneta" dostonlari oʻzbek tilida nashr qilingan.