Kanal (suv yoʻli): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
++
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kanal (maʼnolari)}}
[[File:Canale artificiale 1607.jpg|thumb|''Novo teatro di machine et edificii'', 1607]]
'''Kanal''', '''sugʻorish kanali''' — maxsus qazilgan suv yoʻli, sugʻorish sistemasining asosiy qismi. K., oʻtaydigan vazifasiga qarab, magistral (dare, suv ombori va shahrik. suv manbalaridan sugʻoriladigan yerlarga suv oqib keladigan); taqsimlaydigan (magistral kanallardagi suvni tuman yoki xoʻjaliklarga tarqatadigan); xoʻjalik (suvni tumanlararo yoki xoʻjaliklararo K.dan olib, xoʻjalikning sugʻoriladigan yerlariga oqizadigan), suvni egatlarga taqsimlash uchun xizmat qiladigan muvaqqat (ariq) turlarga boʻlinadi. K. suv olish inshootlaridan boshlanadi. Suv olish inshootlari orqali suv K.ga oʻzi oqib oʻtadi (oʻzioqar kanallar) yoki nasos st-yasi (mashina kanallari) orqali koʻtarib beriladi. K. qazilma, koʻtarma, yarim qazilma-yarim koʻtarma tarzda qurilishi mumkin. Odatda, uning koʻndalang kesimi trapetsiya shaklida boʻladi. Ayrim hollarda, K. oʻzani beton yoki temir beton bilan krplanadi, hozirgi davrda yigʻma temir-beton konstruksiyalaridan keng foydalanilmoqda. Magistral, tumanlararo vaxoʻjaliklararo K.lar boʻylab uni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl va aloqa liniyasi oʻtkazish uchun yer-qirgʻoq polosasi ajratiladi. Bir K.dan ikkinchisiga suv taqsimlanadigan joylarda rostlagich zulfinlari va suv oʻlchagich moslamalar bilan taʼminlanadigan suv taqsimlagich inshootlar quriladi,; K.ning daryo, yoʻl, jar va shahrik. toʻsiqlar bilan kesishgan joyida akveduk, dyuker va boshqa gidrotexnika inshootlari kuriladi. K. trassasi, uning oʻlchamlari va quriladigan inshoot tiplari maxsus texnik-iqtisodiy va gidravlik hisoblar asosida tanlanadi. Yirik sugʻorish sistemalarida magistral K.lar uzunligi bir necha yuz km ga yetadi. K.ning asosiy ekspluatatsiya koʻrsatkichlari: suv oʻtkazish imkoniyati (maksimal suv sarfi kanalning koʻndalang kesimi boʻylab vaqt birligida oʻtadigan suv hajmi, m³/s); kanalning foydali ish koeffitsiyenti (kanal oxiridagi suv sarfining uning bosh qismidagi suv sarfiga nisbati, hisoblanayotgan uchastkada mayda kanallarga berilgan suv sarfi chegirib tashlanadi. K. tubiga shimiladigan suvni kamaytirish va kanalning foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida K. oʻzani polietilen plyonka va boshqa sunʼiy materiallar bilan qoplanadi).