Oʻzbek gimnaziyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmasa kerak bu material. Koʻrib chiqib, qaytadan qoʻshish mumkin.
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 294:
 
Keyingi paytda qirgʻiz rasmiylari mamlakatda oʻzbek tilini ommaviy hayotdan butunlay yoʻq qilish uchun chora koʻrib kelishmoqda va oʻzbek maktablarini majburan qirgʻizlashtirishga harakat qilishmoqda<ref>{{cite web|title=„Qirgʻiz Parlamenti aʼzosi tojik, oʻzbek maktablar yopilishi kerak demoqda“ {{ref-en}}|url=http://www.universalnewswires.com/centralasia/kyrgyzstan/viewstory.aspx?id=11414|accessdate=30-sentabr, 2012|work=[[Universal Newswires]]|date=17-fevral, 2012}}</ref><ref>{{cite web|last=Wisniewski|first=Dan|title=„Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻqolib bormoqda“ {{ref-en}}|url=http://www.rferl.org/content/uzbek-minority-language-under-threat-in-kyrgyzstan/24725665.html|accessdate=9-oktabr, 2012|work=Ozodlik radiosi|date=1-oktabr, 2012}}</ref><ref>{{cite web|last=Qosim|first=Elmurod|title=„Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ {{ref-en}}|url=http://registan.net/2012/09/26/removing-uzbek-from-public-life/|accessdate=9-oktabr, 2012|work=[[Registan]]|date=26-sentabr, 2012}}</ref><ref>{{cite web|last=Sherzod|title=„Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi?“|url=http://www.ozodlik.org/content/article/24395783.html|accessdate=30-oktabr,2012|work=Ozodlik radiosi|date=19-noyabr, 2011}}</ref>. Oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston davlati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi<ref>{{cite web|title=„Oʻsh oʻzbek maktablarini man qilishni oʻylamoqda“{{ref-en}}|url=http://www.tol.org/client/article/22884-kyrgyzstan-education.html|accessdate=30-sentabr, 2012|work=[[Transitions Online]]|date=8-dekabr, 2011|author=Baqit Ibraimov|author2=Temir Akmatov}}</ref>. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishiga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan Oʻzbek gimnaziyasida ham, aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda. Keyingi yillarda Qirgʻizistondagi oʻzbek tilida taʼlim beruvchi maktablarda oʻzbek tili va [[oʻzbek adabiyoti|adabiyoti]] fanlariga ajratilgan dars soati keskin qisqartirilib, qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga berilgan dars soati koʻpaytirildi.<ref>{{cite web|last=Ivashenko|first=Yekaterina|title=„Bu oʻzbekcha taʼlim kimga kerak?“ {{ref-ru}}|url=http://www.fergananews.com/articles/7622|accessdate=15-aprel, 2014|work=[[Fergana News]]|date=13-fevral, 2013}}</ref>
 
== Gimnazistlarning olimpiadalarda va boshqa tadbirlarda ishtiroki ==
Oʻzbek gimnaziyasi Isfanadagi eng ilgʻor maktablardan biridir. Gimnaziya ochilganidan beri gimnazistlar [[Fan olimpiadasi|fan olimpiadalarida]] muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Bundan tashqari, bugungi kungacha koʻp gimnazistlar turli xil tadbirlarda qatnashib sovrinli oʻrinlarni olishdi.
 
2001-2002-oʻquv yilida ikki gimnazist „Yil oʻquvchisi“ koʻrik tanlovida shahar va tuman bosqichlarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Nodir Atayev 5-7-sinflar orasida, Omonxon Mansurov 8-11- sinflar orasida birinchi oʻrinni oldilar. Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, [[Laylak tumani]]da 60 dan ortiq maktab bor.
 
2002-2003-oʻquv yilida Omonxon Mansurov oʻzbek tili va adabiyoti fanidan olimpiadada respublika bosqichida 3-oʻrinni oldi. Qirgʻizistonda hozirgi kunda ham oʻzbek tili va adabiyoti fanidan olimpiada mavjud. Oʻsha yili gimnazist Akmaljon Akramovga prezident [[Asqar Aqayev]] taʼsis etgan ''„Jetkinchek“'' („Yetuk“) stipendiyasi berildi.
 
[[File:Multifunctional truck box truck.jpg|225px|thumb|left|Nodir Atayev yasagan koʻp funksiyali yuk mashinasi modeli. Atayev shu modeli bilan 2004-yil „Yosh talantlar“ koʻrik tanlovining respublika bosqichida qatnashgan.]]
 
2003-2004-oʻquv yilida yetti gimnazist viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Bir oʻquvchi 2-oʻrin, uch oʻquvchi 3-oʻrin sohibi boʻlishdi. Shu yili Nodir Atayev oʻzi yasagan koʻp funksiyali [[yuk mashinasi]] modeli bilan ''„Jash talanttar“'' („Yosh talantlar“) koʻrik tanlovida qatnashib shahar, tuman, viloyat bosqichlarida birinchi oʻrinni oldi va [[Bishkek]]da boʻlib oʻtgan respublika bosqichida qatnashib faxrli diplom sovrindori boʻldi.
 
2004-2005-oʻquv yilida besh oʻquvchi viloyat fan olimpiadalarida qatnashdi. 2005-2006-oʻquv yilida ham besh oʻquvchi viloyat fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashdi. Bular orasida Chinnigul Tosheva oʻzbek tili va adabiyoti fanidan respublika bosqichiga oʻtdi.
 
2006-2007-oʻquv yilida uch oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. 10-sinf oʻquvchisi Izzatoy Shodiyeva oʻzbek tili va adabiyoti fanidan respublika olimpiadasida qatnashdi. Shu yili oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Inobat Azizxonova „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoniga sazovor boʻldi.
 
2007-2008-oʻquv yilida bir oʻquvchi viloyat olimpiadasida qatnashib 2-oʻrinni oldi. 2008-2009-oʻquv yilida uch oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Bir oʻquvchi 1-oʻrinni, yana bir oʻquvchi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 10-sinf oʻquvchisi Jamshidbek Abdulakov oʻzbek tili va adabiyoti fanidan respublika olimpiadasida qatnashib 3-oʻrinni egalladi. Shu yili 6-sinf oʻquvchisi Zilola Joʻrayeva matematika fanidan 6-sinflar orasida oʻtkazilgan olimpiadaning respublika bosqichida qatnashdi.
 
2009-2010-oʻquv yilida besh oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Ikki oʻquvchi 1-oʻrinni, bir oʻquvchi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Jamshidbek Abdulakov oʻzbek tili va adabiyoti fanidan ikkinchi marta respublika bosqichida qatnashdi. Oltinoy Tosheva qirgʻiz tili ona tili boʻlmaganlar uchun uyushtirilgan olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etdi.
 
2010-2011-oʻquv yilida uch oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Bir oʻquvchi 1-oʻrinni, yana bir oʻquvchi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oltinoy Tosheva qirgʻiz tili va adabiyoti fanidan respublika bosqichida 2-oʻrinni oldi. Shu yili tarix fani oʻqituvchisi Omina Bozorova „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoniga sazovor boʻldi.
 
2011-2012-oʻquv yilida 10-11-sinf oʻquvchilari Sarvinoz Abdullayeva va Moʻborak Qaroyeva oʻzbek tili va adabiyoti fanidan viloyat olimpiadasida gʻolib chiqib respublika bosqichida qatnashdilar.
 
Keyingi yillarda gimnaziyada oʻquvchilar soni qisqarayotganini va bilim berish darajasi ham, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi ham susayotganini kuzatish mumkin. 2012-2013-oʻquv yilida gimnaziya oʻquvchilari fan olimpiadalarida yaxshi ishtirok etishmadi. Faqat oʻzbek tili fani boʻyicha ikki oʻquvchi tuman miqyosida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
 
Qirgʻiziston taʼlim vazirligi qarori bilan 2013-yildan boshlab fan olimpiadalari soni 13 tadan 10 taga qisqartirildi<ref>{{cite web|last=|first=|title=„Bilim ministrligi olimpiadalar haqida nizom chiqardi“{{ref-ru}}|url=http://www.kginform.com/ru/news/20130110/15140.html|accessdate=12-dekabr, 2013|work=Ozodlik radiosi|date=10-dekabr, 2013}}</ref>. Shu qarorga binoan oʻzbek tili boʻyicha olimpiadaning viloyat va respublika bosqichlari bekor qilindi. Keyingi yillarda bu fan boʻyicha olimpiada faqat tuman bosqichigacha uyushtiriladi.
 
== Gimnazistlarning umumrespublika testida ishtiroki ==