Oʻzbek gimnaziyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teg: vikimatn muharriri 2017
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 302:
Qirgʻizistonda umumrespublika testini 2013-yilgacha [[Qirgʻiz tili|qirgʻiz]], [[Rus tili|rus]] va [[Oʻzbek tili|oʻzbek]] tillarida topshirish mumkin edi<ref name="NST">{{cite web|title=Umumrespublika testi|url=http://www.testing.kg/eng/obscherespublikanskij-test.html|work=Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi|accessdate=21.10.2013|language=ruscha}}</ref>. [[Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar (2010)|2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar]] ortidan ayrim qirgʻiz siyosatchilar muntazam ravishda testni oʻzbek tilida oʻtkazishni toʻxtatishga chaqira boshladi<ref>{{cite web|last=Elmurod|title=Qirgʻiz deputati oʻzbekcha imtihonga qarshi|url=http://www.ozodlik.org/content/article/24553009.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=29.10.2012|date=19.04.2012}}</ref>. 2013-yil oʻzbekcha umumrespublika testi yoʻq qilingani haqida xabar qilindi<ref>{{cite web|last=Indina|first=Mariya|title=Qirgʻizistonda oʻzbekcha umumrespublika testi bekor qilindi|url=http://www.news-asia.ru/view/uz/4224|accessdate=01.04.2014|work=[[News-Asia]]|date=01.02.2013|language=ruscha}}</ref>. Ammo keyinroq bu qaror bekor qilindi va oʻzbek bitiruvchilarida oʻsha yili ham testni oʻz ona tillarida topshirish imkoni boʻldi.
 
2014-yil umumrespublika testi boshlanishiga juda oz muddat qolgan boʻlishga qaramasdan, oʻzbek tili test tillari safidan olib tashlangani qatʼiyan eʼlon qilindi<ref>{{cite web|title=Qirgʻiziston: Oʻzbekcha umumrespublika testi pirovardida bekor qilindi|url=http://www.fergananews.com/news/21263|accessdate=15.04.2014|work=Fergana News|date=30.09.2013|language=ruscha}}</ref><ref>{{cite web|last=Miroshnik|first=Marina|title=Umumrespublika testidan oʻzbek tili olib tashlandi|url=http://www.vb.kg/doc/264923_yzbekskiy_iskluchili_iz_iazykov_obsherespyblikanskogo_testirovaniia.html|accessdate=15.04.2014|work=[[Vecherniy Bishkek]]|date=11.03.2014|language=ruscha}}</ref><ref>{{cite web|title=Inna Valkova: 2014-yildan boshlab umumrespublika testi oʻzbek tilida berilmaydi|url=http://kabar.kg/rus/society/full/72855|accessdate=15.04.2014|work=[[Qabar]]|date=06.03.2014|language=ruscha}}</ref><ref>{{cite web|last=Elmurod|title=Qirgʻizistonda oʻzbekcha testlar yana bekor qilindi|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25357851.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=22.04.2014|date=22.04.2014}}</ref>. Ammo testning asosiy qismi boʻlib oʻtganidan keyin, bu sinovlarda qatnashish uchun qayddan oʻtmagan va testda qatnashmagan oʻquvchilarga 2014-yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan kechki sinovlarda testni oʻzbek tilida topshirish imkoni berilishi haqida xabar berildi<ref>{{cite web|title=Qirgʻizistonda bitiruvchilarga oʻzbek tilida test topshirish imkoni berildi, ammo...|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25403235.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=07.06.2014|date=29.05.2014}}</ref>. Kechki test sinovida ishtirok etish uchun bitiruvchilar faqat [[Bishkek]] va [[Oʻsh]] shaharlarida qayddan oʻtishlari mumkinligi aytildi. Hozirda testni faqat rus va qirgʻiz tillarida topshirish mumkin.
 
Testni oʻzbek tilida topshirishning bekor qilinishi gimnazistlar uchun testni yanada qiyinlashtirdi. 2014-yilgi bitiruvchilar umumrespublika testida maktab tarixidagi eng past natijani koʻrsatishdi. 2013-yilgi bitiruvchilarning oʻrtacha balli 116,44 boʻlgan boʻlsa, 2014-yilgi bitiruvchilarning oʻrtacha balli bor-yoʻgʻi 101,35 ni tashkil qildi.