Komil Yashin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yashinga yoʻllanma yaratildi
 
moved
Qator 1:
{{Maʼnolari|Yashin (maʼnolari)}}
#redirect [[Yashin]] <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Komil Yashin''', (taxallusi; asl nomi Nuʼmonov Komil) (1909.25.12, Andijon — 1997.25.9, Toshkent) — shoir, dramaturg , publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston FA akad. (1968), Mehnat Qahramoni (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). H. Nosirovaning turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi institutida oʻqigan (1925—28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928—30). Andijon viloyat va Oʻzbek musiqali drama teatrlarida adabiy emakdosh (1930—36), Sanʼat ishlari bosh boshqarmasida boshliq (1946—49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais (1958—80), "Oʻzbek tili va adabiyoti" jur.da bosh muharrir (1969—80, jamoatchilik asosida). Adabiy faoliyati 1925 yildan boshlangan. Uning shu yillardan boshlab yozgan sheʼrlari "Quyosh" (1930), "Kurash" (1931) va boshqalar toʻplamlariga kiritilgan. Ayni paytda teatr sanʼati bilan ham qiziqib, "Kar quloq" (1926), "Teng tengi bilan", "Lolaxon" (1927), "Quyosh" (1929) kabi bir pardali pyesa va inssenirovkalar yozgan. "Lolaxon" pyesasining Qori Yoqubov rahbarligidagi Etnografik ansambl repertuariga kiritilishi (1927), ayrim pyesalarining Andijon teatrida sahnalashtirilishi (1929) Ya.dagi teatr sanʼatiga boʻlgan maylni kuchaytirgan. Uning 30-y.lar voqeligida kechayotgan murakkab jarayonlarni aks ettiruvchi "Oʻrtoqlar" (1930), "Yondiramiz" (1931), "Ichkarida" (1933, 1935 yil da qayta ishlanib, "Gulsara" nomi bilan sahnalashtirilgan), shuningdek, "Nomus va muhabbat" (1935) pyesalari maydonga kelgan. Ya. dramaturgiya sohasidagi bu dastlabki asarlari bilan shoʻro davri adabiyotining gʻoyaviylik tamoyiliga qatʼiy rioya qiluvchi yozuvchi sifatida tanilgan.
 
YA. tarixiyijtimoiy davr talabi bilan "Nurxon" (1940) pyesasini yozgan va uni musiqiy drama teatri sahnasiga olib chiqqan. Dramaturg bosh qahramonning halokati bilan yakunlanuvchi ushbu asarida jamiyat va shaxs erkinligi mavzuini adabiyotning insonparvarlik tamoyili asosida yechishga uringan.
 
2-jahon urushi yillarida fashizmning bosqinchilik mohiyatini ochishga qaratilgan "Oʻlim bosqinchilarga" (1942), front orqasida qahramonona mehnat qilgan fidoyi kishilar haqidagi "Davron ota" (1942, Uygʻun, S. Abdulla, Chustiy bilan birga), "Oftobxon" (1944), urushdan keyingi yillarda esa "General Rahimov" (1949) pyesalarini yozgan. Shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, tanikli davlat, jamoat va madaniyat arboblarining nohaq qatagʻon etilgani oshkor boʻlgan davrda Fayzulla Xoʻjayevga bagʻishlangan "Inqilob tongi" (1974) pyesasini yaratgan.
 
YA.ning dramaturg sifatida shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan omillardan biri uning Hamza bilan ijodiy hamkorligidir. Ya. Hamzaning kichik sahna uchun moʻljallangan "Boy ila xizmatchi" pyesasini 1939 yilda qayta ishlagan. Uning saʼyharakati bilan Hamzaning "Paranji sirlaridan bir lavha" va "Maysaraning ishi" pyesalari ham topilib, sahnalashtirilgan. "Maysaraning ishi" komediyasi asosida opera spektakli va kinofilm yaratilgan. Ya. ijodida Hamza obrazini yaratish masalasi ham markaziy oʻrinlardan birini tashkil etadi ["Hamza" (1940, A. Umariy bilan birga) dramasi, "Hamza" (S. Muhamedov bilan birga) filmi (1960, rejissyorlar Z.Sobitov, N.Radov) ssenariysi va shu nomdagi opera librettosi (1961, kompozitor S. Boboyev), B. Privalov va Sh. Abbosov bilan birga "Olovli yoʻllar" (1975—84, rejissyor Sh. Abbosov) 14 seriyali telefilm ssenariysi]. Shoʻro hukumati buyurtmasi bilan yaratilgan "Olovli yoʻllar" teleserialida Ya. Hamza obrazini haddan ziyod sovetlashtirib, tarixiy xaqiqatning buzilishiga yoʻl qoʻygan. Shunday nuqson Ya.ning "Hamza" (1987) romanida ham seziladi.
 
Ashrafiy va S. Vasilenkoning 1916 yil qoʻzgʻoloniga bagʻishlangan "Boʻron" (1939) birinchi oʻzbek operasi, yana shu kompozitorlarning Katta Fargʻona kanali qurilishi haqidagi "Ulugʻ kanal" (1940, Mahmud Rahmon bilan birga), Navoiy dostoni asosidagi "Dilorom" (1958, M. Muhamedov bilan birga) operalari librettolarini yozgan. Bundan tashqari, Ya. musiqali drama teatri uchun Navoiy dostoni asosida "Farhod va Shirin" (1944), Ergash Jumanbulbul dostoni asosida esa "Ravshan va Zulxumor" (1956) dramalarini yaratgan.
 
"Asal" (1940, rejissyor M. Yegorov, B. Kazachkov), "Hamza" (1960), "General Rahimov" (1967, I. Lukovskiy va 3. Sobitov bilan birga, rejissyor 3. Sobitov), "Shiddat" (1971, rejissyor A. Hamroyev) kabi badiiy va "Salom, Bahor" (rejissyor A. Hamroyev) hujjatli filmlari uchun ssenariylar ham yozgan.
 
U. Shekspirning "Antoniy va Kleopatra", U. Gajibekovning "Arshin mol olon", I. Brusilovskiyning "Er Torgʻin", B. Kerboboyevning "Mahtumquli", M. Husaynning "Olov", I. Qosimovning "Inson mehri", L. Sobolevning "Xoʻjayin" pyesalarini tarjima qilgan.
 
Toshkent va Andijon shahrilaridagi koʻchalardan biri Ya^ nomi bilan ataladi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
 
== Manbalar ==
* Tanlangan asarlar. 1—4j.,T.. 1970— 72; Yodnoma, T., 1989.
 
Ad.Abdusamatov H. Samatov M.. Yashin, T., 1964; Abdusa m atov H., Tradipiya va novatorlik problemasi. T., 1974; Abdusamatov H., Estetika va hayot, T., 1976; XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999. Naim Karimov.
 
#redirect [[Yashin]]{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]]
[[Turkum:Shoirlar]]
[[Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari]]