Mixail Bulgakov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k {{OʻzME}} {{bio-stub}} {{DEFUALTSORT:
Qator 1:
'''Mixail Bulgakov''' ([[1891]], [[Kiyev]] [[1940]], [[Moskva]]) — rus yozuvchisi. [[Kiyev universiteti]]ning tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk toʻplami „Iblisnoma“da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shovshuvga sabab boʻladi. „Oq gvardiya“ (1925—27) tugallanmagan romani mavzui asosida „Turbinlar kuni“ pyesasini yozadi (1926 yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida „Qochish“ (1926—28; 1957-yilda sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin oʻzgarish. „oqlar“ harakati gʻoyasi, muhojirlik yoʻlining samarasizligi aks etgan. „Zoykaning uyi“ (1926-yilda sahnalashtirilgan), „Baxmal orol“ (1928-yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida B.Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va ahloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urfodatlar ustidan kuladi. 1920-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 1930-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi, Gogolning „Oʻlik jonlar“ (1932) asarini sahnalashtiradi. „Janob de Molyer hayoti“ biografik povestida (1932—33-yillarda yozilib, 1962-yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha B. „Usta va Margarita“ romani ustida ishlaydi (1966—67-yillarda nashr etilgan). „[[Ityurak]]“ asari (1987) asosida [[Ityurak (film, 1988)|kinofilm]] yaratilgan. „[[Usta va Margarita]]“ Qodir Mirmuhamedov tomolidan oʻzbek tiliga tarjima kilingan (1987)<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==
Qator 6:
[[Turkum:Shoir va yozuvchilar]]
[[Turkum:Rus yozuvchilari]]
{{OʻzME}}
 
{{bio-stub}}
{{DEFUALTSORT:Belgakov, Mixail}}