Chingiz Aytmatov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k merged from Aytmatov Chingiz Toʻraqulovich
Qator 15:
| Magnum opus = "[[Jamila]]", "[[Alvido, Gulsara!]]"
}}
'''Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov''' ([[qirgʻiz tili|qirgʻ.]] '''Чынгыз Айтматов'''; [[12-dekabr]], [[1928]] - [[10-iyun]], [[2008]]) [[Qirgʻiziston]] [[yozuvchi]]si va [[elchi]]si boʻlgan.
Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov XX asr qirgʻiz adabiyotining eng isteʼdodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri boʻlib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan. Bobosi Aytmat ogʻa ajoyib qoʻbuzchi, otasi Toʻraqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi tatar oilasida tugʻilgan Naima opa oʻqimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirgʻiz maktabida oʻqidi, qishloq shoʻrosida kotib, soliq yigʻuvchi, brigada hisobchisi boʻlib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirgʻiziston [[qishloq xoʻjalik instituti]]ni tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada [[Yozuvchilar uyushmasi]] qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qoʻygan boʻlib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shugʻullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi boʻldi. «Jamila» qissasini [[Lui Aragon]] «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib [[qissa]]» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan [[Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi]] Prezidentidir. U Mustaqil Oʻzbekistonning [[«Do`stlik»]] (1995), [[«Buyuk xizmatlari uchun»]] (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti taʼsis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq [[xorijiy tillar]]ga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirgʻiz tilida yozib, soʻng oʻzi rus tiliga tarjima qilingan. Baʼzi asarlari esa, avval [[rus tili]]da yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») soʻng [[qirgʻiz tili]]ga oʻgirildi.
 
Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston FA akad. (1974). Qirg‘iziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 — 58 y.lari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarla-rini qirg‘iz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950 y.larda bosilgan. "Bay-damtol sohillarida" (1955), "Yuzma-yuz" (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. "Jamila" (1958), "Sarvqomat dilbarim" (1961), "Bo‘tako‘z", "Birinchi muallim" (1962), "Momo yer", "Somon yo‘li" (1963), "Alvi-do, ey Gulsari" (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. A.ning "Tog‘ va cho‘l qissalari" turkumiga kirgan asarla-ri yuksak baholandi. A.ning "Oqkema" (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. "Oq kema" kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. "Dengiz yoqalab chopayotgan ola-par" (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mashʼum manzaralari o‘z ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), "Qi-yomat" (1986), "Kassandra tamg‘asi" (1990) romanlarida zamonamizning umu-minsoniy tomonlari, ona Sayyoramiz-ning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma nar-saga loqayd, itoat-u, buyruqni baja-rishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.A.ning "Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori" (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bag‘ishlangan. A. prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziy-likka moyillik sezilarli darajadadir.A. "Inostrannaya literatura" (Mo-skva) jurnaliga muharrir (1980 — 90), 1990 y.dan sobiq SSSRning , so‘ng RFning , 1991 y.dan Qirg‘iziston Respu-blikasining Lyuksemburg , Belgiyadagi elchisi. A. tashkil etgan "Issiqko‘l fo-rumi" xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda sa-marali taʼsir o‘tkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995). A.ning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). "Sarvqomat dilbarim" ("Do-von"), "Bo‘tako‘z" ("Jazirama"), "Birin-chi muallim", "Jamila", "Alvido, ey Gulsari" va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. "Momo yer" asariga I. Akbarov musiqa yozgan. A.ning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. A. o‘zbek ada-biyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixi-ni yuksak baholab, "Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin", deb hisoblaydi. A. O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" (1995), "Buyuk xizmatlari uchun" (1998) orden-lari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytma-tov nomidagi "Oltin medal" mukofoti taʼsis etilgan (1999).As: Tanlangan asarlar [ikki jild-248li], T.. 1978; Aytmatov Ch.: Stati, vi-stupleniya, dialogi, intervyu, M., 1988; Asrga tatigulik kun; Qiyomat, romanlar, T., 1998.Ad.: Mirza-Axmedova P. M., Natsio-nalnaya epicheskaya traditsiya v tvorchestve Chingiza Aytmatova, T., 1980; Gachev G., Chingiz Aytmatov i mirovaya literatura, Frunze, 1982; Axmatal iyev A. A, Chingiz Aytmatov i vzaimosvyazi literatur, Bish-kek, 1991.<ref>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
==Asarlari==
Qator 42 ⟶ 44:
 
[[Turkum:Qirgʻiziston yozuvchilari]]
{{OʻzME}}
 
 
{{writer-stub}}