Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 194:
 
== Tarixi ==
1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. Oʻsha[[SSRI]]da davrdayetti yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim maktablari boʻlgan. Bunday maktablar 1921-yildan 1950-yillargacha mavjud boʻlgan.

1930-yillarda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va [[Oʻsh viloyati]]dan oʻqituvchilar yuborilgan. [[Oʻzbek SSR]] xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quydagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan Tulamov R., 1938-yilda [[Toshkent]]dan Toʻqtasinov O., Inoyatov Sh. va Dundiyev K.
 
„Isfana“ yetti yillik maktabini 1938-yilda yakunlagan birinchi bitiruvchilari quyidagi oʻquvchilardan iborat: Rustamov Gʻani, Qurbonov Tojiqoʻzi, Moʻminov Otabek, Xudoynazarov Ota, Yuldashov Otaqoʻzi. 1939-yilgi bitiruvchilar: Alimatov Mahmud, Yoʻldoshev Abdulla, Joʻraev Otaqoʻzi, Saksanov Akbarali, Sharipov Abdushait, Joʻraev Ilash va [[Matkarimov Usmon]].