Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 196:
1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. [[SSRI]]da yetti yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim maktablari boʻlgan. Bunday maktablar 1921-yildan 1950-yillargacha mavjud boʻlgan.
 
1930-yillarda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va [[Oʻsh viloyati]]dan oʻqituvchilar yuborilgan. [[OʻzbekOʻzbekiston SSRSovet Sotsialistik Respublikasi]] (Oʻzbek SSR) xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quyidagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan R. Tulamov, 1938-yilda [[Toshkent]]dan O. Toʻqtasinov, Sh. Inoyatov K. Dundiyev.
 
Maktab boshida hozirgi 45-sonli kasb-hunar litseyi joylashgan yerda boʻlgan. Oʻsha paytlarda „Isfana“ maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida [[bolalar uyi]], ikkinchi qanotida [[Laylak tumani]] maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotda esa oʻquvchilar taʼlim olgan. Bolalar uyi 1949-yilda yopildi.