Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 196:
1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. [[SSRI]]da yetti yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim maktablari boʻlgan. Bunday maktablar 1921-yildan 1950-yillargacha mavjud boʻlgan.
 
1930-yillarda Isfana qishlogʻida oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchichilarigaoʻquvchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun [[Oʻsh viloyati]]dan va qoʻshni respublikalardan oʻqituvchilar yuborilgan. [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi]] (Oʻzbek SSR) xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quyidagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan R. Tulamov, 1938-yilda [[Toshkent]]dan O. Toʻqtasinov, Sh. Inoyatov K. Dundiyev.
 
Maktab boshida hozirgi 45-sonli kasb-hunar litseyi joylashgan yerda boʻlgan. Oʻsha paytlarda „Isfana“ maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida [[bolalar uyi]], ikkinchi qanotida [[Laylak tumani]] maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotda esa oʻquvchilar taʼlim olgan. Bolalar uyi 1949-yilda yopildi.