Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 200:
Maktab boshida hozirgi 48-sonli kasb-hunar litseyi joylashgan yerda boʻlgan. Oʻsha paytlarda „Isfana“ maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida [[bolalar uyi]], ikkinchi qanotida [[Laylak tumani]] maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotda esa oʻquvchilar taʼlim olgan. Bolalar uyi 1949-yilda yopildi.
 
1940-yildagi maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda maktabda 18 sinfda 322 oʻquvchi oʻqigan. „Isfana“ maktabi 1960-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimga oʻtdi. SSRIda sakkiz yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim, politexnik maktablar boʻlgan. 1960-yildan 1969-yilgacha Rajapov Gʻulom Rajapov, Gaffarov Rizoqul Gʻaffarov, QunduzovaXosiyat XosiyatlarQunduzovalar maktab direktori lavozimida ishlagan. „Isfana“ sakkiz yillik maktabi 1973-yili oʻrta maktabga aylandi, oʻrta maktabning taʼlim muddati 10 yilga uzaytirildi.
 
„Isfana“ maktabi oʻrta maktab boʻlganidan keyingi yillarda quyidagi shaxslar direktor lavozimida ishlagan: Ibrohim Xolmurzaev, Hurmatoy Gʻoynazarova (1986—1996), Dadajon Komilov (1996—2000), Mamlakat Uzoqova (2000—2003), Dadajon Komilov (2003—2010), Inomjon Roʻziboyev (2010—2016) hamda Davronbek Xudoynazarov (2016-hozirgacha).