Isfana oʻrta maktabi — versiyalar orasidagi farq

1940-yildagi maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda maktabda 18 sinfda 322 oʻquvchi oʻqigan. „Isfana“ maktabi 1960-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimga oʻtdi. SSRIda sakkiz yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim, politexnik maktablar boʻlgan. 1960-yildan 1969-yilgacha Gʻulom Rajapov, Rizoqul Gʻaffarov, Xosiyat Qunduzovalar maktab direktori lavozimida ishlagan. „Isfana“ sakkiz yillik maktabi 1973-yili oʻrta maktabga aylandi, oʻrta maktabning taʼlim muddati 10 yilga uzaytirildi.
 
„Isfana“ maktabi oʻrta maktab boʻlganidan keyin quyidagi shaxslar direktor lavozimida ishlagan: Ibrohim Xolmurzaev, Hurmatoy Gʻoynazarova (1986—1996), Dadajon Komilov (1996—2000), Mamlakat Uzoqova (2000—2003), Dadajon Komilov (2003—2010), Inomjon Roʻziboyev (2010—2016) hamda Davronbek Xudoynazarov (2016-hozirgacha2016—hozirgacha).
 
1999-yil 4-sentabrda geografiya oʻqituvchisi Jumaboy Boboyev „Isfana“ oʻrta maktabi qoshida iqtidorli oʻquvchilar uchun alohida sinflar ochdi. Bu sinflar keyinchalik [[gimnaziya]] maktabiga — [[Oʻzbek gimnaziyasi]]ga aylandi.