Carlo Gozzi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 29:
== Turandot asari haqida ==
 
“Ko’pchilik “Quzg’un”ning katta ichki kuchga ega ekan ligini tan olishga tayyor edilar. Qolganlar, u qadar ko’p bo’lmaganlar o’sha kuch ta’sirida bo’lsalar ham, bir necha marotaba miriqib ko’rgan bo’lsalar ham uning ortidagi mavjud ustunlikni tan olgisi kelmasdilar… O’sha ko’rnamak odamlar sharq ertaklaridan Turandot haqidagi ajoyib ertakni tanlashga va unda niqoblar ishtirok etsada, oz-moz bilinar-bilinmas ko’rinishiga, mo’jiza va sehr-jodudan asar ham bo’lmasligiga majbur qildilar.<br>
… Jasoratli niqoblar va har qanday g’aroyib ko’rinishlar-u o’zgarishlardan yiroq, o’quvchining tanishishi kerak bo’lgan aql-bovar qilmas turmush qiyinchiliklariga boy bo’lgan “Turandot” haqidagi ertak Venetsiyadagi San Samuel teatrida Sakki truppasi tomonidan 1761-yil 22-yanvar kuni butun zalni imkon qadar to’ldirib, ketma-ket yetti kun muvaffaqiyatli namoyish etildi. Mening fantastikaga boy pyesam tug’ilishi bilanoq o’lmadi… ” <br>
Karlo Gotsi “Turandot” haqidagi g’oyani XII asrda yashab ijod qilgan Nizomiy Ganjaviyning “Forsiy ertaklar” to’plamidan olgan. O’lim xavfi ostida uch topishmoqqa javob berishni ko’zda tutuvchi asarlar antik davrda ham mavjud bo’lgan (Edip va Sfinks haqidagi afsona). Fransuz dramaturgi Lesaj o’zining Parijda namoyish etilgan “Xitoy malikasi” komik operasida “Turandot” asarining syujetini sahna uchun ilk bor qayta ishlab chiqqan. Keyinchalik Gotsi asarini F.Shiller qayta tahrirlab chiqqan. Shillerning yutug’i J. Puchchiniga “Turandot” operasini yaratish uchun turtki beradi va u hozirda ham juda mashxur bo’lgan sahna asarini yaratadi. Rossiyada esa E. Vaxtangovning spektakli muvaffaqiyatga erishadi. Gotsining ushbu asari besh pardadan iborat. “Turandot” asarining qisqacha mazmuni quyidagicha:<br>
Asar no’g’ay tatarlari shahzodasi Kalafning Chin devorlari ostonasida paydo bo’lishi va sobiq otalig’i Baraxni uchratishi bilan boshlanadi. Kalaf unga Xorazmshoh qo’shinlari bilan jangdagi mag’lubiyatlaridan so’ng ota-onasi bilan darbadarlikda yurganliklarini, keyinchalik Xurosonga borishganini va u yerda u ota-onasini boqish maqsadida shoh saroyiga qora ishchi sifatida ishga kirganligini, so’ng dilidagi og’riq va qasos o’ti bilan oldingi martabasini tiklash hamda Xorazmshohdan intiqom olish uchun Chin yurtiga kelganini so’zlab beradi. Birdan atrofda shovqin boshlanadi. Barax bu malika Turandot ishqida adoi tamom bo’lgan yana bir shaxzodaning qatl marosimidan darakligini aytib beradi va Kalafga shahar devoridagi uzilgan boshlarni ko’rsatadi. Keyin o’sha qatl qilingan Samarqand shahzodasining otalig’i kelib qoladi va malikani ahmoqlikda, vaxshiylikda ayblab, uning suratini yerga tashlab ketadi. Kalaf Baraxning qarshiliklariga qaramasdan suratga qaraydi va o’zini yo’qotib qo’yadi, shundan so’ng u Turandot shartlarini bajarib unga uylanishga qat’iy turib oladi. Chin imperatori yana bir bechoraning qiziga ishqi tushganini eshitadi va uni saroyga taklif qiladi. Kalaf bilan suhbatdan so’ng imperator Altoum uni yoqtirib qoladi va uni fikridan qaytishga undaydi, uddalay olmagach qizini chaqirtiradi. Turandot ikki kanizagi bilan kirib kelgach Kalafga ko’zi tushadi va uni yoqtirib qoladi, biroq o’z so’zida turgan holda unga uchta topishmoq aytadi. Kalaf barcha topishmoqlarga to’g’ri javob bergach Turandot aynib qoladi va otasiga yangi topishmoqlar o’ylab topish uchun kam fursat bo’lganligi aytadi hamda Kalafga erga tegishdan bosh tortadi. Shunda Kalaf unga bir savol beradi, agar savolning javobini topsa, u o’z yurtiga jo’nab ketadi, agar topolmasa, Turandot unga erga tegishga majbur bo’ladi. Turandot shartga rozi bo’ladi, bu orada kanizak Adelma imkoniyatdan foydalanish uchun umid paydo bo’lganidan xursand bo’ladi. Kalaf Baraxga voqeani aytib beradi va uni sotmasligni utinib so’raydi, keyin Kalafni saroyga qamab qo’yishadi. Hammasidan xabardor Adelma ishga tushadi va Barax Kalafning do’sti ekanligi bilan bir qatorda Turandotning ikkinchi kanizagi Zelimaning otasi ekanligi aytib beradi. Barax, uning xotini va shu tobda o’g’lini qidirib Chinga kelgan otasi Timur ham Turandot buyrug’i bilan qamoqqa olinadi. Adelma makkorlikka o’tadi va birinchi bor Kalaf yoniga Baraxning xotinini, so’ng uning qizi Zelimani javobni bilish uchun yuboradi. Kalaf bunday aldovga tutulmaydi. Endi Adelmaning o’zi Kalafning oldiga boradi va unga bo’lgan muhabbatiga iqror bo’ladi, unga qochishni taklif qiladi, lekin Kalaf ko’nmagach, Turandot ertalab saharda uni o’ldirish to’g’risida buyruq berganligini aytib Kalafni aldaydi. Shunda Kalaf o’zi haqidagi ma’lumotlarni aytib qo’yganligini bilmay qoladi. Ertalab Kalafni saroyga eltishgach u kechagi voqealar makkorlik bo’lganligini payqab qoladi va pushaymon bo’ladi. Saroyga Turandot motam kiyimida kirib keladi va savolga javob topolmaganini e’lon qiladi. Kalaf ich-ichidan xursand bo’lgan bir vaqtda Turandot uni o’z ismi bilan chaqiradi va g’alaba qozonganini aytadi. Shundan so’ng Kalaf o’zini o’ldirmoqchi bo’ladi, lekin Turandot uni to’xtatib, uni sevib qolganligini aytadi. Adelma esa Turandotga yillar davomida saqlab kelgan barcha nafratlarini to’kib sochadi. Imperator Altoum unga sobiq mulklarini qaytarib beradi va uni o’sha yerlarning malikasi etib e’lon qiladi, Kalafga esa Xorazmshoh o’lgani va uning yurtidagilar sobiq shahzodasini kutayotganliklarini aytadi. Yurtda katta to’y boshlanadi. Shu tariqa ertak o’z nihoyasiga yetadi.
 
== Adabiyotlar ==