Xordalilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Xordalilar''' (Chordata) — ikkilamchi ogʻizli hayvonlar tipi. Oʻq skeleta — xorda ichak ustida joylashgan. Koʻpchilik X. hayoti davomida xorda ustida joylashgan nerv nayi saqlanib qoladi. Keyinchalik nerv nayidan bosh miya va orkdorqa miya hosil boʻladi. Suvda yashovchi X. xalqumi devoridagi juft jabra yoriqlari hayot davomida saklanadi. Quruqlikda yashovchi oʻpka bilan nafas oladigan X.da jabra yoriqlari ontogenezining boshlangʻich davrlarida boʻladi. Yuragi 2—4 boʻlmali. Faqat tuban X. (lansetniklar)da qorin tomiri kisqarish xususiyatiga ega. Gavdasining oldingi 3 ta boʻgʻimlari boʻylab oʻtadigan segmentlar tuban X. va umurtqalilarning embrional rivojlanishi davrida yaxshi koʻzga tashlanadi. Tuban X. suzgich dumga (tananing anal teshigvdan keyingi qismi) ega.
 
X. tipi bosh xordalilar, qrbiqdilar va umurtqalilar kenja tipiga ajratiladi. 40000 ga yaqin turi (jumladan, 38000 umurtqali hayvonlar) maʼlum. X. hayvonot dunyosi sistemasida oʻziga xos oʻringa ega. Ammo X. jabra apparati ichak bilan nafas oluvchilar va ayrim qazilma ignaterililarga oʻxshash boʻladi; orqa nerv stvoli chalaxordalilar uchun ham xos.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Hayvonlar]]