Saraton (kasallik): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Tumor Mesothelioma2 legend.jpg|right|thumb|250px|[[Komputer tomografiyasi]]da koʻringan xavfli [[mezotelioma]] oʻsmasi.]]
'''Saraton''' (boshqa nomlari: '''kanser''' ({{lang-la|cancer}} — “qisqichbaqa”), '''rak''' ({{lang-ru|рак}})) deb hujayralarning atipik o'sishi aytiladi. SaratonAtipik mutatsiyagao'sish uchraganbunday hujayragahujayralar qarabqarishi tasniflanadiyoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz ko'payishi bilan ifodalanadi. (davomiSog'lom bor)hujayradan farqli o'laroq, bunday hujayralarda tabiy o'lim mexanizmi o'chirilgan, ya'ni ular to'xtovsiz bo'linish jarayonida bo'ladi.
 
Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga bo'linadi. Karsinoma — epitelial to'qimalarda, sarkoma — mezenxemal to'qimalarda, leykemiya - qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma - immunitet tizimi hujayralarida va miya va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiyki, saratonning "suyuq" turlari o'smaga paydo qilmaydi.
Boshqa xavfli oʻsmalar kabi, saraton ham, odatda, oʻzi oʻrnashgan joydagi toʻqimani yemirishi, retsidiv, metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga taʼsir koʻrsatishi, kaxeksiya (qoq suyak boʻlib ozib ketish) bilan xavfsiz oʻsmalardan farq qiladiSaraton alohida viruslar faoliyati, shuningdek, turli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kanserogen moddalarning odam organizmiga taʼsiri hamda organizmning oʻzida sodir boʻladigan endogen (ichki) kanserogen moddalar, radioaktiv nurlar taʼsirida vujudga kelishi mumkin.
 
Saraton badanda joylashishiga qarab ham tasniflanishi mumkin, ya'ni ko'krak bezi saratoni, o'pka saratoni va hokazo.
Saraton toʻsatdan paydo boʻlmaydi, koʻpincha rak nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik uzgarishlardan soʻng rivojlanadi, shuningdek, teri, meʼda, bachadon boʻynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadenomatozi va h.k. oqibatida ham paydo boʻladi. Ammo shu kasalliklardan keyin, albatta, saraton rivojlanadi deb boʻlmaydi, chunki saratonka sabab boʻladigan kasalliklar oʻz vaqtida uzilkesil davolansa, uning oldini olish mumkinSaratonning harakterli xususiyatlaridan biri shuki, toʻqimada oʻsma hosil boʻlib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va oʻsma oʻsayotgan aʼzo funksiyasi keskin buziladi.
 
Erkaklarda koʻproq meʼda, bronxlar, teri, pastki lab, ogʻiz boʻshligʻi, halkum, oʻpka (xususan, kashandalarda), tanosil aʼzolari saratoni uchraydi; ayollarda esa bachadon, ovqat hazm qilish aʼzolari, sut bezlari va teri saratoni kuzatiladi.
 
Saraton boshlanayotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanishidan qatʼi nazar, qattiq ogʻriq bermaydi. Shu sababli, bemor vrachga koʻpincha kech murojaat qiladi, natijada kasallik ancha ulgʻayib ketadiSaratonni davolash imkoni boricha erta boshlansa, yaxshi natijalarga erishish mumkin.
 
Pastki lab saratoni koʻpincha pastki lab kizil xrshiyasi ustida uzok, vaqt bitmaydigan yara va kon sizib turadigan yoriqchalar, oq dogʻlar (leykoplakiya) boʻlishi natijasida vujudga keladiSaratonning oldini olish uchun pastki lab va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarida albatta chekishni tashlash lozim.
 
Qiziloʻngach saratoni ("qiltomoq" kasalligi) aksariyat saraton oldi kasalliklari okibatida kelib chiqadi. K,iziloʻngach saratonida bemor dastlab quyuq, keyinchalik suyuq ovqatlarni ham yuta olmay qoladi. Koʻpincha toʻsh orqasida, baʼzan koʻkrak pastila va qorin sohasida ogʻriq sezadi. Ovqat yutganda salgina qiyinchilik sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak.
 
Meʼda saratoni koʻp uchraydigan va aksariyat surunkali meʼda yarasi, polipi, shuningdek, surunkali gastritning baʼzi shakllari okibatida kelib chiqadi. Meʼda raki bilan ayollarga nisbatan erkaklar koʻproq ogʻriydi; odatda, 40—60 yoshli kishilar oʻrtasida koʻp uchraydi. Kasallik boshda sezilmaydi, bemorning darmoni quriydi, mehnat qobiliyati susayadi, ozib keta boshlaydi, rangi siniqadi; keyinchalik ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynishi, jigʻildon qaynashi, hiqichoq tutishi, kekirish, baʼzan qusish alomatlari, shuningdek, meʼdada qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Bunday alomatlar roʻy berganda darhol vrachga murojaat qilish zarur.
 
Toʻgʻri ichak saratoni koʻproq ichakdagi polipdan paydo boʻladi. Bunda soxta hojat qistashi, shilliq yoki qon aralash ich kelishi kuzatiladi, kasallik avj olgandan soʻng ichakdan qon oqadi. Qon ketishi koʻpincha bavosirda ham roʻy beradi, shuning uchun qon ketishi sababini faqat vrach aniqlashi mumkin.
 
Oʻpka saratoni oʻpkaning surunkali kasalliklari (oʻpka sili, zotiljam, bronx poliplari, pnevmokonioz) bilan tez-tez ogʻrib turish va h.k. oqibatida vujudga kelishi mumkin. Oʻpka saratoni koʻproq kashandalarda uchraydi; koʻkrakda ogʻriq (ayniqsa, yoʻtalganda zoʻrayadi), baʼzan qon tuflash kuzatiladi. Kasallikka xos alomatlar paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat qilish lozim.
 
Sut bezlari saratoni koʻproq sut bezlarida hosil boʻladigan qattiq, ogʻriqsiz tugunchalar, saraton oldi oʻsmasi (xavfsiz oʻsma), fibroadenomatozlarni oʻz vaqtida davolamaslik natijasida rivojlanadi. Sut bezlarida arzimagan tuguncha borligi sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak.
 
Ayollarda koʻp uchraydigan bachadon saratoni bachadondagi surunkali kasalliklar — eroziya, polip va oq dogʻlardan paydo boʻladi. Tugʻruq va abortda bachadonning jarohatlanishi, uni oʻz vaqtida davolatmaslik ham bachadon saratoniga sabab boʻladi. Kasallik hech qanday belgisiz kechadi, keyinchalik avj olganidan soʻng bemorda oqchil koʻpayib, hayz sikli buziladi, kon ketadi va, nihoyat, ogʻriq paydo boʻladi. Shuning uchun har bir ayol jinsiy hayot kechira boshlagan kundan boshlab kamida bir yilda 2 marta (klimakteriya davrida 4 marta) ginekolog koʻrigidan oʻtib turishi shart.
 
Teri saratoni, odatda, keksalarda (50—70 yoshli erkak va ayollarda) kuzatilib, koʻpincha yuzda (burun qanotlari, qovoq, burunlab burmalari, ogʻiz burchaklarida), baʼzan terining kuygan, jarohatlangan joyida, shuningdek, ayrim tugʻma va turli jarohatlar oʻrnida paydo boʻladi.
 
Saraton va boshqa xavfli oʻsmalar, asosan, operatsiya qilinadi, radioaktiv moddalar va rentgen nurlari, saraton ka qarshi maxsus kimyoviy preparatlar, gormonlar, biopreparatlar qoʻllanadi. Kasallikning oldini olish uchun organizmga zararli taʼsir etadigan kanserogen moddalarni yoʻqotish, shuningdek, saraton oldi kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash va davolash, aholini ommaviy profilaktik koʻrikdan oʻtkazib turish, baʼzan dispanserizatsiya qilish lozim.<ref>Narimon Murodxoʻjayev. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Shuningdek qarang ==