Zilzila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Zilzila''' [[Yer]] [[qobiq (geografiya)|qobigʻida]] [[seysmik toʻlqinlar]] keltirib chiqaruvchi energiya ajralishidir. Zilzilalarni oʻrganish bilan [[seysmologiya]] shugʻullanadi. Zilzila keskinligi [[zilzila magnitudasi|magnitudalarda]] oʻlchanadi.

== Zilzila (yer silkinishi) haqida ==

'''Zilzila''', yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Z.lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Z.lar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Z.lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Z.larning eng kuchsizi b-n tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Z.lar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Z.lar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Z.lar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Z.lar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.
Qator 15 ⟶ 16:
Zilzila sodir boʻlganda uning oʻchogʻidan '''boʻylama''' va '''koʻndalang''' seysmik toʻlqinlar tarqaladi. Boʻylama toʻlqinlar R harfi (birinchi toʻlqin), koʻndalang toʻlqinlar S harfi (ikkinchi toʻlqin) b-n belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo boʻladigan yuza toʻlqinlar (L) mavjud. Mazkur toʻlqinlar asosiy hisoblansada, koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab toʻlqinlar hosil boʻladi. Toʻlqinlar har xil tezlik b-n tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin '''boʻylama''' toʻlqin boʻlib, muhitda taxminan bino ichidagi odamlarning koʻpchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uygʻonib ketadi. Hamma sezadi.Koʻpchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, baʼzi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi.

Baʼzi uylarda suvoklarsuvoqlar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi,baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. ''Koʻndalang'' toʻlqin esa oʻrtacha 5 km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Qayd qilingan toʻlqinlarning yozuviga qarab zilzila epitsentridan stansiyagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi. Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u '''godograf''' deb yuritiladi va zilzila maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Zilzila toʻlqinlarining umumiy quvvati '''magnituda''' (M) b-n belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga to'g'ri keladi. Bu qiymat seysmik stansiyalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. "A" harfi b-n belgilangan kattalik K = lg£ Z.ning '''quvvatlilik sinfi''' deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) boʻlgan zilzila oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12. zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 y.da Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 y.da Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964 y. Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iyena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin Z.ning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi b-n Z.ning aniq, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun Z.ning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940y.lar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan va quyidagicha ifodalanadi:

M = \gA, mkm + 1,32 lgX, km.

Bu yerda: A — seysmik toʻlqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X — seysmograf joylashgan yerdan zilzila epitsentrigacha boʻlgan masofa.

Qator 25 ⟶ 26:

Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-y.larda Fargʻonada, 942-y.da Buxoroda, 1208—1209-y.larda Urganchda, 1490-y.da Samarqandda, 1494-y.da Namanganda, 1620-y.da Axsikentda, 1902-y.da Andijonda, 1921 — 1922-y.larda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-y.da Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-y.larda Toshkentda, 1976, 1984-y.larda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin.

== Zilzilaning yuzaga kelish sabablari ==
Qator 75 ⟶ 76:
MDH hududining 20 foizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan tog’li o’lkalar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat bo'yi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primor'e, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va O’rta Osiyoning torli o’lkalari kiradi.

'''Yer silkinishining ba'zi ko’rsatkichlari:'''

Qator 81 ⟶ 82:

! Rixter bo'yicha (magnituda)
!! Dunyo bo'yicha 1 yilda yer silkinishning o’rtacha soni
!! Yerning silkinish muddati, soniya
!! Kuchli yer silkinishning ta'sir etgan radiusi, km

Qator 95 ⟶ 96:

| 4,0-4,9 || 8000 || 0-5 || 0-15

== Zilzilar tarixi ==
Yer silkinishida katta moddiy yo’qotish hamda minglab odamlar o’limi yuz beradi. Masalan, 1990-yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi
oqibatida 50 ming odam o’lib, 1 mln.ga yaqin odamlar esa, qon yo’qotib, jarohatolganlar. Xuddi shunday holat 1988-yil 7-dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkinishining oqibatda 25 ming odam o’lgan. Bunda 8 mln. kv.m uy joy yo’q bo’lib ketgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan. Yer ostida qolganlardan 15250 kishi qutqarilgan. Yer silkinish 4 ta katta shaharlarni, Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yashash punktlarini o’z ichiga olgan. Shulardan 1500 ta qishloq vayron bo’lgan, 12 ta shahar shikastlangan, ulardan 3 tasi batamom yo’q bo’lib ketgan. Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari deyarli izdan chiqqan, avtomobil va temiryo’llarning ko'p qismi, aloqa, ko’priklar yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, O’zbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va
ma'naviy yordam ko’rsatilgan. Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq ittifoq, mudofaa vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 dan ko’p kishilar safarbar etilib, ular xizmatida 3000 dan ortiq turli xildagi texnikalar ishtirok etgan. Juda katta miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam ko’rsatdi. Hattoki yer ostida, inshoatlar tagida qolgan odamlarni chiqarish uchun chet ellar - Angliya, Fransiya,
Shveysariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar. Xuddi shunga o’xshash holat 1966-yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bulib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar 7600 o’rinli maktablar, 2400 o’rinli maktabgacha tarbiya muassasalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon ko’rgan. O’sha vaqtda moddiy zarar miqdori xech qayerda yozilmagan edi.

== Imoratlarga, inshootlarga yer silkinishining ta'siri va xususiyatlari ==

Inshootlar ko'radigan talafotlar kuyidagicha tasniflanadi:

* 1-darajali talafot. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi.
* 2-darajali talafot. Og’ir bo’lmagan shikastlanish sodir etiladi, devorlarda katta bo’lmagan yoriqlar paydo bo’ladi.
* 3-darajali talafot. Inshoatlarning og’ir shikastlanishi yuz beradi, devorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo’ladi.
* 4-darajali talafot. Imorat va inshoatlar ichki devorlarining to’liq buzilishi yuz beradi.
* 5-darajali talafot. Imorat va inshoatlar to’liq, buzilishi sodir bo’ladi.

Imorat va inshoatlarning konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab tasniflanishi:

* A guruh - xom g’isht, paxsa devorli imoratlar;
* B guruh - pishiq g’ishtdan qurilgan inshootlar;
* V guruh-temir-beton, sinchli va yoyuchdan kurilgan inshootlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda davlat standarti tomonidan imoratlar guruhining har bir balda ko’radigan talofat darajalari qonunlashtirib qo’yilgan. Jumladan:

* 6 ball - yer silkinish jarayonida A guruhga mansub inshoatlar 2-darajali talofat, B guruhi inshoatlari 1-darajali talofat ko’radi.
* 7 ball - A guruhidagi inshoatlar 3-darajali talofat ko’radi.
* 8 ball - A guruhidagi inshoatlar 5-darajali, B guruhidagi inshoatlar ham 3,4-darajali, V guruhidagi inshoatlar 2-darajali talofat ko’radi.
* 9 ball - B guruhidagi inshoatlar 4-darajali, shuningdek, V guruhidagi inshoatlar ham 4-darajali talofat ko’radi.
* 10 ball - B guruhidagi inshoatlar 5-darajali, V guruhidagi inshoatlar 4-darajali talofat ko’radi.
* 11 ball - B guruhidagi inshoatlar to’liq qulaydi tog’ jinslarining tik va gorizontal yo’nalishdagi harakati kuzatiladi.
* 12 ball - amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.

== Adabiyotlar ==