Zilzila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 128:
* 11 ball - B guruhidagi inshoatlar to’liq qulaydi tog’ jinslarining tik va gorizontal yo’nalishdagi harakati kuzatiladi.
* 12 ball - amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.

Yer silkinishi keltiradigan talofat inshoatning turiga, konstruksiyasiga bog’liq bo’lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitiga, ya'ni tog’ jinsliri turlarining mustahkamlik darajasiga, hossa va hususiyatlariga bog’liq. Masalan, 1966 yili Toshkent shaxrida bo’lgan silkinish natijasida shaxarning yer osti suvlari satxi yer yuzasiga yaqin bo’lgan pastqam joylarga joylashgan imoratlar
kuchli talofat ko’rdi. Shundan keyin 1966-yili shaxar xududida qayta muhandis-geologik xaritalash ishlari o’tkazilib, shaxar markazi tuproq sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga o’tkazildi. Bu degan so’z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga ma'lum talablar qo’yish va ularni bajarishni talab qiladi.

Seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog’i zarur. Ya’ni shaxar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo’yiladi, ular quyidagilardan iborat:

* Shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bo’lishi, ya'ni silkinish sodir bo’lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun yengil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;
* Suv havzalarining bo’lishi, ya'ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bo’lgan yong’inlarni o’chirish maqsadida foydalanish uchun suv zaxirasiga ega bo’lish;
* Inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 marta uzoq bo’lishi, chunki imorat talofat ko’rganda bir-biriga ta'sir qilmasligi kerak.

Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko'ra 3 guruhga bo'linadi:
# A - 7 ballgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan, g’ishtdan qurilgan uylar kiradi.
# B - 8 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog’och karkaslardan tayyorlanadi (sinchli uylar).
# V - 9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruksiyalardan qurilgan inshoatlar kiradi.

== Yer silkinish oqibatlarini tugatish ==

Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqlik har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi hisoblanadi:

* Yer tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish;
* Ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir buladigan avariyalarning oldini olish va to’g’rilash (chunki bular inson xayotiga xavf soladi);
* Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash;
* Talofat ko’rganlarga tibbiy yordam ko’rsatish shahobchalarini tayyorlash;
* Yer silkinish o’chog’ida suv ta'minotini tiklash.
Yer silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, yer surilishi, suv toshqini, qor ko’chkisi, yong’in chiqishi hamda avariyalarni: kommunal-energetik tizimlarining izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida avariya natijasida KTZMlarning tashqariga to’kilishi, AESlarda radioaktiv moddalarni atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Ammo, xozirgacha yer silkinishining aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yo’q, lekin yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning xatti-harakatlari
o’zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi xaqida muayyan ma'lumotlarni beradilar.

''Yer silkinishini belgilaydigan ayrim ko’rsatkichlar'' quyidagilardan iborat: kuchsiz tebranish chastotasining keskin o’sishi, yerni deformatsiyalanishi, tog’ jinslarining elektr qarshiligi o’zgarishi, yer osti suvlari satxining ko’tarilishi, yer osti suvlarida radon miqdorining ortishi va boshqa o’zgarishlar. Bulardan tashqari, yer silkinishi oldidan uy xayvonlarining xatti-harakatlari ham o’zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar o’z uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollari juda bezovta bo’lib qoladilar va boshqalar. Fan va texnikaning rivojlanishi so’zsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta'kidlanganidek yer osti suvlarida yer silkinishidan oldin radon gazi mikdorini oshish qonunini birinchi bo’lib o’zbek olimi [['''G’.Mavlonov''']] tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini o’rganishda o’z tasdig’ini topdi. Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida ro’y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.

O’bekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqqan Amerika olimi O.Jems shunday degan edi: "Yaqin kunlarda o’zbek mutaxassislari zilzila haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e'lon qilish darajasiga etib boradilar". Lekin bu yerda shuni aytib o’tish kerakki, yer silkinishning oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan bir sabab bu masalaning murakkabligi, ya'ni zaminda yer silkinish jarayonini vujudga keltiradigan gipotsentr-o’choqning nixoyatda yashirinligi hamda shu "o’choqda" yig’ilgan va yer silkinishiga olib keladigan energiyaning xamda uning sodir bo’lish qonuniyatlarini hali yetarlicha bilmasligimizdadir. Yer silkinish ofatidan muxofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash xisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo’jaligi tarmoqlari uchun xavfli bo’lgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin bo’lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muxofaza omillari ko’rilib, inshootlarni ko’rish, ta'minlash va ba'zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga o’xshash korxonalarni) xatto to’xtatish ishlari amalga oshiriladi. Shunday ishlar, ya'ni O'zbekistonning seysmoaktiv xududlari xaritasi 1977-yilgacha amal qilib keldi va xozirgi kunda O'zbekistan Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan 1997-yilda O'zbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda xar bir xududning seysmologik xususiyatlari
xisobga olingan.

Yangi xaritada ko’rsatilishicha O’zbekistonning mintaqalarida bo’lishi mumkin bo’lgan yer silkinishlari belgilangan. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasida – 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha; Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg’ona shaxarlarida - 8 ballgacha; Andijon viloyatida - 9 ballgacha belgilangan. Shuningdek, seysmoaktiv xaritada Toshkent shaxri uchun ham 6-9 ballgacha bo’ladigan mikroseysmoaktiv hududlar xam belgilab qo’yilganki, xozirgi kunda mana shu ma'lumotlar asosida Toshkent shaxrida maqsadli qurilishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yerda ta'kidlab o’tish kerakki, respublikamizda 136 ta shaxar mavjud bo'lib, ulardan 13 tasi yirik shaxarlar hisoblanadi. Shaxarlarda qurilishlar 5 ta toifa bo’yicha amalga oshirilib, ular katta-kichikligidan qat'i nazar xalqa yo’li bilan belgilanishi zarur. Chunki [[favqulodda vaziyatlar]]da fuqarolarni faqat tranzit yo'llari orqali (jumladan, xalqa yo’llari orqali) xarakat qilishga yo’naltirilishi lozim.

Har bir korxona raxbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:

* Hududning seysmik xaritasi, unda zilzila bo’lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi ko’rsatiladi;
* Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish;
* Zilzila sodir bo’lib qolgan holda aholi o’zini qanday tutishi va xatti-harakatlari haqida tushuntirish;
* Seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;
* Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa tizimini tashkil qilish;
* Qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor xolga keltirib qo’yish;
* Axolini xavfsiz, o’z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;
* Moddiy-texnik ta'minoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zaxiralarini tashkil qilish;
* Zilzila xaqida xabar beruvchi belgilarni axoliga tushuntirish vao’z vaqtida qo’llash.

== Zilzila vaqtida harakatlanish ==
Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:

# Yer ostki suvlarining fizik-kimiyoviy tarkibining o’zgarishi (laboratoriyada aniqdanadi);
# Qushlar va uy xayvonlarining bezovtalanishi, gaz xidining kelishi, xavoda chaqmoq chaqishi va yorug’lik paydo bo’lishi;
# Bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shu'lalar paydo bo’lishi va lyuminitsent lampalarining o’z-o’zidan yonishi.

Mana shu belgilarni bilgan xar bir fuqaro yoki zilzila xaqida xabar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli xarakat qilishi kerak. Zilzila xaqida oldindan xabar berilsa, ayni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini o’chirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjitlarni olib, ko’chaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u xolda deraza va eshik oraliqlariga yoki ko’taruvchi ustunlar tagiga turib olish zarur. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko’p qavatli binolarnimg eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.

Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish to’xtatiladi. Elektr toki suv, gaz va bug’lar to’xtatilib, fuqarolar muxofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qo’yilagan joyga to'planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo’ladilar. Zilzila vaqtida uyda bo’lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, chunki o’sha joy raxbarlarining ko’rsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya etgan holda xarakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining to’la to’xtatilishini kutib bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muxofazasi qismlari beradi, lekin zarur bo’lgan xollarda axolining ham yordam berishi maqsadga muvofiqdir.

== Adabiyotlar ==