Zilzila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 35:
Qiya sathlarida tog’ jinslarining katta bulaklarini ag’darilishi, yoki toglarning o’pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag’darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, ko’p hollarda talofatsiz bo’ladi. <br>
 
'''Vulqon''' jarayoni, ya'ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog’lik bo’lgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bog’lik bo’lganligi sababli aksariyat ko’p hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli bo'lmaydi. <br>
 
'''Insonning muxandislik faoliyati''' bilan bog’lik bo’lgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda.Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson o’zining muxandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan ta'sir etishi, u yoki bu darajada o'zgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. Daryo vodiylariga to’g’onlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta bo’lgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy xajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qa'rida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga so’rib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan ko’mir ana shu yer qa'rida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida ba'zan yer osti g’orlariga, xandaklariga va tog’ jinslari g’ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib
olinmoqda. Yer qa'rining odamlar ta'sir etish joylarida yig’ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bo’lgan yer silkinishlari Hindiston, AQSH, O’zbekistonda kuzatilganligi fandan ma'lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib bo’lingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar bo’lib o’tgan. Tekshirishlarning ko'rsatishicha, bu yer silkinishlar o’zlarining tayyorlanish, sodir bo’lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig’ilgan suvning miqdori va yig’ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog’liq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld. m3. dan ortiq suv bilan to’latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog’ jinslarining siqilishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bo’lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me'yorida chiqarilmasligi va tog’ jinslariga ta'sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib xolatda bo’shatilishi, o’zgarishi sabab bo’lgan. Respublikamizning harbiy hududida 1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli
Gazlidagi yer silkinishlarini ba'zi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni surib olish jarayoni bilan bog’lashadi. 1976-yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila o'chogi, litosferaning ma'lum chuqurlikdagi tog’ jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobig’ining 5-25 km chuqur oralig’ida, 1984-yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oralig’ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig’ilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qa'ri tog’ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma'lum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir bo’lish vaqtini tezlashtiradi.<br>