Zilzila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 101:

== Zilzilar tarixi ==
[[Fayl:Sanfranciscoearthquake1906.jpg|thumb|250px|Zilzila oqibatlari, [[San-Fransisko]], [[AQSh]], [[1906-yil]]

[[Fayl:Pictures from bus 13.jpg|thumb|250px|Suvosti zilzilasi oqibatlari]]

[[Fayl:Chuetsu earthquake-earthquake liquefaction1.jpg|thumb|250px|Yaponiyadagi zilzila oqibati, yo'l yorig'i]]]]

Yer silkinishida katta moddiy yoʻqotish hamda minglab odamlar oʻlimi yuz beradi. Masalan, 1990-yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi
Qator 110 ⟶ 111:
Shveysariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar. Xuddi shunga oʻxshash holat 1966-yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bulib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar 7600 oʻrinli maktablar, 2400 oʻrinli maktabgacha tarbiya muassasalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon koʻrgan. Oʻsha vaqtda moddiy zarar miqdori xech qayerda yozilmagan edi.

'''Gyandja zilzilasi'''
'''Gyandja zilzilasi''' — hozirgi [[Ozarbayjon]] hududining Gyandja shahri yaqinidagi 1139-yili 30-sentabr kuni bo'lgan 11 ballik zilziladir. Oqibatda 230 ming kishi halok bo'ldi, 8 ta ko'l hosil bo'ldi ([[Geygel ko'li]]). Bu zilzila tarixdagi eng falokatli 5 zilzilalar toifasiga kiradi.

'''Buyuk Xitoy zilzilasi'''
'''Buyuk Xitoy zilzilasi''' (xit. 嘉靖大地震) — Shensi [[provinsiyasida]] 1556-yil 23-yanvar kuni sodir bo'lgan. Salkam 830 000 kishi halok bo'ldi. Epetsentr Vey daryosi vodiysida bo'lib, Xuasyane shahri butkul yo'q bo'ldi. 20 mlik yoriqlar paydo bo'ldi, 500 kmlik hududga zilzila ta'sir ko'rsatdi. Zilziladan so'ng ancha vaqt [[aftershok]] holati kuzatildi.

'''Yamayka zilzilasi'''
1692-yilning 7-iyun kuni tahminan 11:43 da [[Port-Royal]] shahrida sodir bo'lgan. 2 ming kishi sunami oqibatida, 3 ming kishi tarqalgan kasallik va jarohatlar oqibatida halok bo'ldi.

'''Ulug' Sitsiliya zilzilasi'''
Sitsiliya tarixidagi eng kuchli zilziladir, 1693-yil [[Etna]] vulqoni otilishi ortidan sodir bo'ldi. 60-100 ming kishigacha insonlar halok bo'ldi. Shundan so'ng arxetikturaning barokko uslubining yangi ko'rinishi "sitsiliya barokko"si yaraldi.

'''Messina zilzilasi'''
'''Messina zilzilasi''' (ital. Terremoto di Messina) 1908-yil 28-dekabr kuni soat 5:20 da Sitsiliya va Appenin yarimoroli o'rtasida 7.8 magnitudada sodir bo'ldi. 3 m lik sunami yuzaga keldi. Halok bo'lganlar soni turli ma'lumotlarga ko'ra 200 minggacha bo'lgan.

'''Ashxabod zilzilasi'''
Rixter shkalasi bo'yicha 7.3 ballik zilzila 1948-yil 6-oktabr kuni mahalliy vaqt bo'yicha 02:17 da sodir bo'ldi. Z. O'chog'i Ashxabod shahrining ostida 18 km chuqurlikda joylashgan edi. Markazda MSK-64 shkalasi bo'yicha tebranishlar 9-10 balgacha yetgan. Shahar to'liq buzildi, 35 ming kishi vafot etdi.

'''Toshkent zilzilasi'''
{{main|Toshkent zilzilalari}}
1966-yil 26-aprel soat 5 dan 22 minut 52 sekund o‘tganda Toshkentda qattiq yer qimirlash ro‘y berdi. Zilziladan avval kuchli portlashdagi kabi tovush eshitilib, shahar chekkasida shafaq ko‘rindi. Ilmiy tekshirishlarning natijalariga ko‘ra, shafaqning kelib chiqishiga sabab, yer ostida yig‘ilgan tektonik kuchlanishning yer yuzasiga chiqishi vaqtida elektr energiyasiga aylanishidir. Zilzila o‘chog‘i 5–10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila energiyasi 1014 joulga yaqin, epitsentrda uning kuchi 8 ballga yetgan. Zilzila markazi (Qashqar mahallasi va Labzak o‘rnida) vertikal zarblar kuchining magnitudasi (M) 5,3 ga, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik zonasi 10–12 km2 ga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i cho‘ziqroq shaklda bo‘lib, shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa yo‘nalgan. Zilzila natijasida atrofga seysmik to‘lqinlarning so‘nib borishi natijasida 8, 7, 6 balli maydonlar ajratilgan. Yerning 2-3 Gs chastotada tebranishi 10-12 daqiqa davom etdi.
9-maydan 10-mayga o‘tar kechasi, 24-may va 5-iyunda kuchli (6–7 ball) silkinishlar takrorlangan. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ziyod turar joy, 236 ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 26 kommunal xo‘jalik korxonasi, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 8 ming o‘rinli maktablar, 36 madaniy-maishiy muassasa, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolari zarar ko‘rdi, 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, qurbonlar bo‘ldi. Asosiy tebranish 1966–68-yillar mobaynida bir qancha aftershoklar bilan davom etdi. Markaziy seysmik stansiya birinchi kuchli zarbadan so‘ng silkinishlarning 2500 dan ortiq takrorlanganini qayd qildi.

'''Yaponiya zilzilasi (2011)'''
Xonsyu orolining sharqiy qirg'og'idagi zilzila, yoki '''Buyuk sharqiy yapon zilzilasi''' (яп. 東日本大震災 Higasi Nixon daysinsay) 2011-yilning 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da ([[UTS]] 5:46 ) 9.0-9.1 magnitudali zilziladir. [[Giposentr]] [[Tinch okean]]ining 35 km chuqurligida joylashgan edi. Zilzila ortidan [[sunami]] keldi va zilziladan 69 daqiqa o'tgandan so'ng sunami [[Senday]] suvga g'arq qildi.

Bu [[Yaponiya]] tarixidagi eng kuchli, dunyo tarixidagi eng kuchli zilzilalar qatorida yettinchi, turli baholarga ko'ra 6, 5 yoki 4 o'rinda turadi. Halok bo'lganlar soni bo'yicha esa Yaponiyada 1896, 1923-yilgi zilzilalardan ortda qoladi.

== Imoratlarga, inshootlarga yer silkinishining taʼsiri va xususiyatlari ==