Zilzila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:

Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.

[[File:global_plate_motion_2008-04-17.jpg|right|250px|thumb|Tektonik plitalar]]

Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi.
Qator 18 ⟶ 20:
M = \gA, mkm + 1,32 lgX, km.

Bu yerda: A — seysmik toʻlqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X — seysmograf joylashgan yerdan zilzila epitsentrigacha boʻlgan masofa.

[[File:fault_types.png|right|250px|thumb]]

Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli Z.ning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. Zilzila quvvati b-n magnitudasi oʻrtasida bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Z.ning yer yuzida bir xil kuch b-n namoyon boʻlgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa '''izoseysta''' chizigʻi, zilzila kuchining hududda tarqalishini koʻrsatuvchi izoseystalar toʻplamiga izoseystalar xaritasi deyiladi.

Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, Z.ning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular Z.larni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti.

[[File:Kluft-photo-Carrizo-Plain-Nov-2007-Img_0327.jpg|right|250px|thumb|San Andreas Lomaning aerotasviri, Los Anjeles]]

1966-y. 26-aprelda Toshkentda yuz bergan Z.dan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-y. oktabr oyida '''Seysmologiya instituti''' tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri Z.larning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, Z.larning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Z.ni bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli Z.larni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli Z.larni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Mac, 1976-y. 17-maydagi Gazli, 1978-y. 1-noyabrdagi Olay, 1984-y. 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan.
Qator 99 ⟶ 105:

== Zilzilar tarixi ==
[[Fayl:Sanfranciscoearthquake1906.jpg|thumb|250px|Zilzila oqibatlari, [[San-Fransisko]], [[AQSh]], [[1906-yil]]

[[Fayl:Pictures from bus 13.jpg|thumb|250px|Suvosti zilzilasi oqibatlari]]

[[Fayl:Chuetsu earthquake-earthquake liquefaction1.jpg|thumb|250px|Yaponiyadagi zilzila oqibati, yo'l yorig'i]]]]

Yer silkinishida katta moddiy yoʻqotish hamda minglab odamlar oʻlimi yuz beradi. Masalan, 1990-yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi
oqibatida 50 ming odam oʻlib, 1 mln.ga yaqin odamlar esa, qon yoʻqotib, jarohatolganlar. Xuddi shunday holat 1988-yil 7-dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkinishining oqibatda 25 ming odam oʻlgan. Bunda 8 mln. kv.m uy joy yoʻq boʻlib ketgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan. Yer ostida qolganlardan 15250 kishi qutqarilgan. Yer silkinish 4 ta katta shaharlarni, Leninakan, Kirovokan, Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yashash punktlarini oʻz ichiga olgan. Shulardan 1500 ta qishloq vayron boʻlgan, 12 ta shahar shikastlangan, ulardan 3 tasi batamom yoʻq boʻlib ketgan. Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari deyarli izdan chiqqan, avtomobil va temiryoʻllarning koʻp qismi, aloqa, koʻpriklar yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Oʻzbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va
Qator 122 ⟶ 125:
'''Ulug' Sitsiliya zilzilasi'''
Sitsiliya tarixidagi eng kuchli zilziladir, 1693-yil [[Etna]] vulqoni otilishi ortidan sodir bo'ldi. 60-100 ming kishigacha insonlar halok bo'ldi. Shundan so'ng arxetikturaning barokko uslubining yangi ko'rinishi "sitsiliya barokko"si yaraldi.

[[File:Comerio,_Luca_(1878-1940)_-_Vittime_del_terremoto_di_Messina_(dicembre_1908).jpg|right|250px|thumb|Messina zilzilasi]]

'''Messina zilzilasi'''
Qator 133 ⟶ 138:
1966-yil 26-aprel soat 5 dan 22 minut 52 sekund o‘tganda Toshkentda qattiq yer qimirlash ro‘y berdi. Zilziladan avval kuchli portlashdagi kabi tovush eshitilib, shahar chekkasida shafaq ko‘rindi. Ilmiy tekshirishlarning natijalariga ko‘ra, shafaqning kelib chiqishiga sabab, yer ostida yig‘ilgan tektonik kuchlanishning yer yuzasiga chiqishi vaqtida elektr energiyasiga aylanishidir. Zilzila o‘chog‘i 5–10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila energiyasi 1014 joulga yaqin, epitsentrda uning kuchi 8 ballga yetgan. Zilzila markazi (Qashqar mahallasi va Labzak o‘rnida) vertikal zarblar kuchining magnitudasi (M) 5,3 ga, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik zonasi 10–12 km2 ga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i cho‘ziqroq shaklda bo‘lib, shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa yo‘nalgan. Zilzila natijasida atrofga seysmik to‘lqinlarning so‘nib borishi natijasida 8, 7, 6 balli maydonlar ajratilgan. Yerning 2-3 Gs chastotada tebranishi 10-12 daqiqa davom etdi.
9-maydan 10-mayga o‘tar kechasi, 24-may va 5-iyunda kuchli (6–7 ball) silkinishlar takrorlangan. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ziyod turar joy, 236 ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 26 kommunal xo‘jalik korxonasi, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 8 ming o‘rinli maktablar, 36 madaniy-maishiy muassasa, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolari zarar ko‘rdi, 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, qurbonlar bo‘ldi. Asosiy tebranish 1966–68-yillar mobaynida bir qancha aftershoklar bilan davom etdi. Markaziy seysmik stansiya birinchi kuchli zarbadan so‘ng silkinishlarning 2500 dan ortiq takrorlanganini qayd qildi.

[[File:2004-tsunami.jpg|right|250px|thumb|Zilzila ortidan paydo bo'lgan [[sunami]]]]

'''Yaponiya zilzilasi (2011)'''