Carlo Gozzi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6:
 
Oilada asosiy rolni Karloning akasi – poet va jurnalist, shoira Luiza Bergallining turmush o’rtog’i – Gasparo Gotsi o’ynar edi. Karlo Gotsining akalari Gasparo hamda Franchesko davlat maktablarida ta’lim olishgan edi, Karlo esa ba’zida ruhoniylardan saboq olib turar edi. Karlo Gotsi keyichalik akasi Gasparoga taqlid qila boshlaydi va uning darajasiga yetishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi, negaki o’sha vaqti Gasparo Gotsi olim darajasiga yetishgan edi. Oilaning boshqa a’zolari ham she’rlar yozar, komediyalar yaratishar edi. Bo’lajak shoir bolaligida o’zidagi yozuvchilik iqtidorini seza boshlaydi. Dalmatsiyaga jo’nab ketishigacha bir qancha kichik she’rlar ijod qilib turgan. <br>
 
[[Fayl:Turandot Puccini.jpg|400px|thumb|right|Puchinining "Turandot" spektakli afishasi]]
 
1740-yilda u harbiy xizmat o’tashga jazm qiladi hamda Dalmatsiya uch yil mobaynida yashaydi. Armiyada xizmat qilish davrida uning dunyoqarashi o’zgara boshlaydi. Xizmatni yakunlagach u ona shahri Venetsiyaga qaytib keladi. Qaytgach u o’zini butunlay oilaviy mulklarini saqlab qolish uchun bag’ishlashga majbur bo’ladi. Bir necha yil ichida u ko’plab qattiqqo’l kreditorlar, dalollar va moliyachilar, advokatlar va sudyalar, bankirlar va soliqchilar bilan muzokaralar o’tkazadi, uyning bitmagan yerlarini ta’mirladi hamda garovdagi joylarini qarzini uzdi. Oxir-oqibat, u o’ziga va oilasiga tinch yashash imkonini taqdim etdi hamda moliyaviy ahvolni nisbatan barqarorlashtirishga erishdi. Ushbu qiyin va murakkab turmush sharoitlarida Karlo Gotsi “kelgusida qashshoqlashib qolishi mumkin bo’lgan kichik Gotsilarni dunyoga keltirish”ni istamay bo’ydoq o’tishga qaror qildi. Erkin bo’lishga intilish, uning tushuntirishi bo’yicha, keyinchalik unga davlat xizmatiga o’tish bo’yicha takliflarni ham rad etishga sabab bo’ldi. Bekor vaqtni u o’zining eng sevimli yumushi bo’lgan badiiy adabiyotga bag’ishladi. U italyan tili va adabiyotini yuksaltirayotgani va o’zining huzuri uchun yozayotgani hamda mashxur dramaturg Goldoni yoki uning akasi, zamonaviy jurnalist Gasparo singari daromad maqsadida yozmayotganligi bilan faxrlanardi. Karlo Gotsi uning adabiy homiyligi ostidagi Sakki truppasi uchun yozib berayotgan she’rlari uchun ham, sahna asarlari uchun ham na pul olardi, na gonorar. Karlo Gotsining tan olishicha, uning mo’yqalamidan tinimsiz “she’r va nasr oqimi” oqardi.<br>
Qator 14 ⟶ 16:
 
“Millatni yaratish uchun, avvalo teatrni yaratish kerak”,― degan edi Gyote. Bu XVIII asr uchun xarakterli mulohaza edi. Italiyada italyan san’atining hech bir yo’nalishi teatrchalik mashxur emas edi. Karlo Gotsi, Karlo Goldoni, Vittorio Alferi ― uning cho’qqisi edi. Biroq hali ham “italyan millati” yo’q edi, faqatgina Avstriya kansleri Metternix ta’biri bilan aytganda “geografik tushuncha” bor edi. O’sha davr Italyan davlatchalariga xos xususiyat bu ularning o’zaro emas, balki boshqa davlatlar bilan ko’proq savdo-iqtisodiy, madaniy aloqa qilayotgani edi. Fransuz ma’rifatparvarlari ishlaridagi eski tuzumning keskin tanqid qilinishi italyan oldi ziyolilari tomonidan yaxshi kutib olindi. Volter Russo, Didro, Monteske Italiyada Fransiyadagiga qaraganda ko’proq mashxur bo’lishadi. “Il Caffe”, “Frusta lotteraria”, “L’Osservatore” kabi qator yangi jurnallar chop etiladi. Tanqidiy ocherklar paydo bo’ldi, hattoki, kimsan Danteni badiiy didsizlikda ayblashdi. Keyinchalik ko’plab italiyalik dramaturglarning ijod mahsullari bu fikrlarning chippakka chiqarishda o’ziga xos qurol edi. Mersyening dramalari italyan sahnalarida g’olibona harakat qildi. Keyichalik venetsiyalik Pyetro Kyari ham o’z asarlari bilan teatr mavqesini yanada yuksaltirdi. Karlo Gotsi davri esa uning Goldoni, Kyari bilan o’zaro raqobati bilan e’tiborlidir. Karlo Gotsi ularni didsizlikda, yolg’on pafos va balandparvozlikda, vulgar naturalizmda, milliy qadriyatlarni va an’analarni inkor qilganlikda hamda xorijiy mashxur yangiliklarni o’ylamasdan ko’chirishda ayblagan. Hozirda bu ikki ijodkorning asarlari italyan dramaturgiyasining saylanma to’plamlarida tinchgina murosa qilishayotgan bir paytda bu holat birmuncha g’alati ko’rinadi, biroq bir narsani yoddan chiqarmaslik darkorki, Goldoni hamkasbidan farqli ravishda asarlari bilan kun kechirgan va uzluksiz mehnat qilgan. Chunonchi, 1750-yilning o’zidayoq u ommaga 16 ta komediyani namoyish qilgan. U yana ko’plab ta’sirli tragediyalar ham yaratib turgan.<br>
 
[[Fayl:Turandot2.jpg|300px|frameless|right]]
 
Adabiy baxs ular o’rtasida bir necha yil davom etadi (1756-1761) va bu Karlo Gotsini ular bilan ularning maydonida jang qilishga majbur qildi. Buning qanday sodir bo’lgani haqida Pavel Muratov “Italiya obrazlari” kitobida shunday deydi: '''«Bir kuni Torre del Orolodjio ortidagi qorong’u kunjakda joylashgan Bettinelli kitob do’konida bir nechta yozuvchilar uchrashib qolishdi. Ularning safida Goldonining o’zi ham bor edi. O’zining muvaffaqiyatidan mast bo’lganidan u uzoq vaqt italyan teatrida u tomondan amalga oshirilgan to’ntarishning ahamiyati haqida hikoya qilardi, eski niqoblar komediyasini kulgu va haqoratli so’zlar bilan ko’mib tashladi. O’shanda u yerdagilardan biri ― uzun va ozg’in kishi ― turdi va xitob qildi: “Ont ichaman, eski komediyamizning niqoblari yordamida men “Uch apelsin ishqida”ga sizning har xil “Pamela” va “Irkani”ngizga qaraganda ko’proq tomoshabin yig’aman. Shunda hamma graf Gotsining bu haziliga handon otib kulishdi: “Uch apelsin ishqida” o’shanda enagalar kichkina bolalarga aytib berishadigan xalq ertagi edi. Ammo Karlo Gotsi hazillashmagan edi va bunga Venetsiya tez orada amin bo’ldi.»'''<br>
Qator 32 ⟶ 36:
Karlo Gotsi “Turandot” haqidagi g’oyani XII asrda yashab ijod qilgan Nizomiy Ganjaviyning “Forsiy ertaklar” to’plamidan olgan. O’lim xavfi ostida uch topishmoqqa javob berishni ko’zda tutuvchi asarlar antik davrda ham mavjud bo’lgan (Edip va Sfinks haqidagi afsona). Fransuz dramaturgi Lesaj o’zining Parijda namoyish etilgan “Xitoy malikasi” komik operasida “Turandot” asarining syujetini sahna uchun ilk bor qayta ishlab chiqqan. Keyinchalik Gotsi asarini F.Shiller qayta tahrirlab chiqqan. Shillerning yutug’i J. Puchchiniga “Turandot” operasini yaratish uchun turtki beradi va u hozirda ham juda mashxur bo’lgan sahna asarini yaratadi. Rossiyada esa E. Vaxtangovning spektakli muvaffaqiyatga erishadi. Gotsining ushbu asari besh pardadan iborat. “Turandot” asarining qisqacha mazmuni quyidagicha:<br>
 
[[Fayl:Turandot3.jpg|300px|thumb|right|"Turandot" spektaklidan sahna]]
 
Asar no’g’ay tatarlari shahzodasi Kalafning Chin devorlari ostonasida paydo bo’lishi va sobiq otalig’i Baraxni uchratishi bilan boshlanadi. Kalaf unga Xorazmshoh qo’shinlari bilan jangdagi mag’lubiyatlaridan so’ng ota-onasi bilan darbadarlikda yurganliklarini, keyinchalik Xurosonga borishganini va u yerda u ota-onasini boqish maqsadida shoh saroyiga qora ishchi sifatida ishga kirganligini, so’ng dilidagi og’riq va qasos o’ti bilan oldingi martabasini tiklash hamda Xorazmshohdan intiqom olish uchun Chin yurtiga kelganini so’zlab beradi. Birdan atrofda shovqin boshlanadi. Barax bu malika Turandot ishqida adoi tamom bo’lgan yana bir shaxzodaning qatl marosimidan darakligini aytib beradi va Kalafga shahar devoridagi uzilgan boshlarni ko’rsatadi. Keyin o’sha qatl qilingan Samarqand shahzodasining otalig’i kelib qoladi va malikani ahmoqlikda, vaxshiylikda ayblab, uning suratini yerga tashlab ketadi. Kalaf Baraxning qarshiliklariga qaramasdan suratga qaraydi va o’zini yo’qotib qo’yadi, shundan so’ng u Turandot shartlarini bajarib unga uylanishga qat’iy turib oladi. Chin imperatori yana bir bechoraning qiziga ishqi tushganini eshitadi va uni saroyga taklif qiladi. Kalaf bilan suhbatdan so’ng imperator Altoum uni yoqtirib qoladi va uni fikridan qaytishga undaydi, uddalay olmagach qizini chaqirtiradi. Turandot ikki kanizagi bilan kirib kelgach Kalafga ko’zi tushadi va uni yoqtirib qoladi, biroq o’z so’zida turgan holda unga uchta topishmoq aytadi. Kalaf barcha topishmoqlarga to’g’ri javob bergach Turandot aynib qoladi va otasiga yangi topishmoqlar o’ylab topish uchun kam fursat bo’lganligi aytadi hamda Kalafga erga tegishdan bosh tortadi. Shunda Kalaf unga bir savol beradi, agar savolning javobini topsa, u o’z yurtiga jo’nab ketadi, agar topolmasa, Turandot unga erga tegishga majbur bo’ladi. Turandot shartga rozi bo’ladi, bu orada kanizak Adelma imkoniyatdan foydalanish uchun umid paydo bo’lganidan xursand bo’ladi. Kalaf Baraxga voqeani aytib beradi va uni sotmasligni utinib so’raydi, keyin Kalafni saroyga qamab qo’yishadi. Hammasidan xabardor Adelma ishga tushadi va Barax Kalafning do’sti ekanligi bilan bir qatorda Turandotning ikkinchi kanizagi Zelimaning otasi ekanligi aytib beradi. Barax, uning xotini va shu tobda o’g’lini qidirib Chinga kelgan otasi Timur ham Turandot buyrug’i bilan qamoqqa olinadi. Adelma makkorlikka o’tadi va birinchi bor Kalaf yoniga Baraxning xotinini, so’ng uning qizi Zelimani javobni bilish uchun yuboradi. Kalaf bunday aldovga tutulmaydi. Endi Adelmaning o’zi Kalafning oldiga boradi va unga bo’lgan muhabbatiga iqror bo’ladi, unga qochishni taklif qiladi, lekin Kalaf ko’nmagach, Turandot ertalab saharda uni o’ldirish to’g’risida buyruq berganligini aytib Kalafni aldaydi. Shunda Kalaf o’zi haqidagi ma’lumotlarni aytib qo’yganligini bilmay qoladi. Ertalab Kalafni saroyga eltishgach u kechagi voqealar makkorlik bo’lganligini payqab qoladi va pushaymon bo’ladi. Saroyga Turandot motam kiyimida kirib keladi va savolga javob topolmaganini e’lon qiladi. Kalaf ich-ichidan xursand bo’lgan bir vaqtda Turandot uni o’z ismi bilan chaqiradi va g’alaba qozonganini aytadi. Shundan so’ng Kalaf o’zini o’ldirmoqchi bo’ladi, lekin Turandot uni to’xtatib, uni sevib qolganligini aytadi. Adelma esa Turandotga yillar davomida saqlab kelgan barcha nafratlarini to’kib sochadi. Imperator Altoum unga sobiq mulklarini qaytarib beradi va uni o’sha yerlarning malikasi etib e’lon qiladi, Kalafga esa Xorazmshoh o’lgani va uning yurtidagilar sobiq shahzodasini kutayotganliklarini aytadi. Yurtda katta to’y boshlanadi. Shu tariqa ertak o’z nihoyasiga yetadi.