Saʼdiy Sheroziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
}}
 
'''Saʼdiy Sheroziy''' (taxallusi; asl ism-sharifi Muslihiddin Abu Muhammad Abdullox. ibn Mushrifiddin) (1203/1210 Sheroz 1292.9.12) -forsigoʻy shoir, adib va mutafakkir.<ref>Ergash Ochilov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>

== Hayoti ==

Sharq xalqlari orasida Shayx Saʼdiy nomi bilan mashhur. Otasi Sheroz otabegi Saʼd binni Zanjiyning mulozimlaridan boʻlgan. Otadan yosh yetim qolgan S. boshlangʻich maʼlumotni tugʻilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm va madaniyat markazi boʻlgan Bagʻdodda davom ettirgan. "Nizomiya" va "Mustansiriya" madrasalarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni oʻrgangan. Oʻz davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qoʻlida tahsil olgan.
 
Madrasani tugatgan S. Sharq mamlakatlari boʻylab 20 yillik sayohati davomida, Kichik Osiyo ya.o., Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni baʼzan ulovda, baʼzan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar bilan kechgan bu sayoxatlarida S. hayot ilmini chuqur oʻrganib, inson feʼlini butun murakkabligi bilan anglab, oʻz davrining koʻpni koʻrgan donishmand kishisi boʻlib yetishgan. 13-a. oʻrtalarida Sherozga kaytib kelgan S. dunyo tashvishlaridan oʻzini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan.
 
== Asarlari ==
 
Fors-tojik adabiyotida S. maqomi juda yuksak. Xususan, Damashqda "Boʻston" ("Saʼdiynoma", 1257) va Sherozda "Guliston" (1258) asarlarini yozgan va sherozlik hukmdor Abubakr ibn Saʼd (1226—60) ga takdim qilgan. S. gʻazalni mustaqil janr darajasiga koʻtargan. U gʻazalchilikdagi oʻzigacha olib borilgan tajribalarni rivojlantirib, takomilga yetkazgan, keyin bu janrni Hofiz Sheroziy yuksak choʻqqiga olib chiqdi. S. gʻazallari 4 devondan iborat boʻlib, ular "Tayyibot" ("Latif gʻazallar"), "Badoyeʼ" ("Yangi gʻazallar"), "Xavotim" ("Xotima gʻazallar") va "Gʻazaliyoti qadim" ("Eski gʻazallar")dan iborat. S 2 tilda yoziladigan sheʼr turi — mulammaʼ (shiru shakar)ning ham asoschisi. Arab tilini yaxshi bilganligidan u arabcha misra va baytlarni forsiy bilan uygʻunlashtirib, ushbu shaklni ixtiro qilgan. S. tarjeʼband janrini ham rivojlantirgan. S. fors-tojik badiiy nasrining ham asoschisi hisoblanadi. Ungacha faqat maktublar, hujjatlar, ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy harakterdagi tarixiy lavhalargina nasrda yozilgan. Bundan tashqari, shoirning "Sohibiya" asari, arabcha va forscha qasidalari, qitʼa, ruboiy va fardlari ham mashhur. Uning asarlari oʻsha davrda yaratilgan 2 "Kulliyot"i orqali saqlangan. Biri shoir vafotidan 37 y. soʻng Ali binni Ahmad binni Abubakr Besutun gomonidan tuzilgan "Kulliyot" boʻlib, 19 boʻlimdan iborat. Kitobning kirish qismida toʻplovchi "Kulliyot" ustida 7 y. ishlaganligini, koʻpchilikning maslahati va yordami bilan bu ishni amalga oshirganini yozadi. Ikkinchi "Kulliyot" 13-a.ga oid boʻlib, kim tomonidan toʻplanganligi yozilmagan. Shu 2 manba asosida Eron olimi Muhammadali Furoʻgʻiy S. "Kulliyot"ini nashr ettirgan (1941). "Kulliyot"ga, diniyfalsafiy, nasriy asarlardan tashqari, "Guliston", "Boʻston", "Arab qasidalari", "Fors qasidalari", "Tarjibband", shuningdek, 4 devoni kiritilgan. Asar 18 boʻlimdan iborat boʻlib, 10 dan ortiq janrdagi asarlarni oʻz ichiga oladi.