Shavkat Rahmon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
== Hayoti ==
XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentyabrda [[Oʻsh (shahar)]] shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket [[ToshDU]]ning filologiya fakultetiga o‘qishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi.
Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov e’lon qilingach, o‘z she’rlarini yuboradi va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari [[Halima Xudoyberdieva]], [[Murod Muxammad Do‘st]], [[Sobit Madaliev]] kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib, Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2 oktyabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
 
== Unvonlar ==