Baliqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Baliq (maʼnolari)}}

'''Baliqlar''' ({{lang|la|Pisces}}) — [[umurtqalilar]] kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O‘lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
sezgi organlari rivojlana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan.

Qator 17 ⟶ 16:
B. tana harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. Tana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, baʼzan 0,5 — G ortiqroq boʻladi. Serharakat B. tana harorati muhit taʼsirida bir oz koʻtarilishi, mas, tez suzayotgan tunetsda tana harorati suvnikidan 10°C gacha yuqori boʻlishi mumkin. B. har xil haroratli suvda yashashga moslashgan. Tropik suvlarda yashovchi baliqlar 31°C gacha boʻlgan suvlarda, karp tishli baliq Kaliforniyaning 52°C li qaynar buloqlarida hayot kechiradi.

B.Baliqlar 2 sinfga: togʻayli va suyakli B.ga ajratiladi. Koʻpchilik turlari (96%) suyakli B.ga kiradi. Oziqlanish usuliga koʻra '''plantofaglar''', '''bentofaglar''', '''detritofaglar''', '''fitofaglar''' va '''yirtqichlar'''ga; koʻpayishiga binoan '''uvildiriq tashlovchi''' va '''tirik tugʻuvchilar'''ga; yashash muhitiga koʻra '''dengiz''' va '''chuchuk suv''' baliqlariga; hayot kechirish xususiyatiga binoan '''oʻtkinchi''' va '''oʻtroq''' baliqlarga ajratiladi. Oʻtkinchi B. (losossimonlar, bakra, daryo ugori) hayotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda oʻtkazadi.

B. benihoya katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Har yili dengiz va okeanlardan bir necha oʻn mln. tonna B. ovlanadi. Ovlangan B.ning bir qismi toʻgʻridan-toʻgʻri ovqatga ishlatiladi, asosiy qismi qayta ishlanib, tuzlangan, dudlangan, muzlatilgan yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. B.dan baliq moyi va baliq uni kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi.

Qator 24 ⟶ 23:

== Baliqlarning ichki tuzilishi ==

Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir necha qator tishlar joylashgan. Zog‘ora va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog‘ora baliq mayda umurtqasizlar, tuban suv o‘tlari, yashil o‘simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi.

Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Qahraton qishda muz tagiga kislorod o‘tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli
baliqlar halok bo‘ladi.

Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillyardan iborat. Yuragi yurak qorinchasi va bo‘lmasidan iborat. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog‘onasi ostidan butun tana bo‘ylab o‘tadigan orqa aortaga keladi.

To‘qimalarda hosil bo‘ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo‘ng‘ir-qizg‘ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

== Nerv sistemasi ==
Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat bo‘lib, umurtqa pog‘onasi nayi ichi da joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan bo‘limlardan iborat. Miyaning hamma bo‘limlari baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich muhit bo‘lganligidan tovushni yaxshi o‘tkazadi. Tajribalarda baliqlar qirg‘oqda yurgan odam qadami, suzib kelayotgan qayiq ovozi, qo‘ng‘iroq va
o‘q tovushlarini yaxshi eshitishi aniqlangan.

Ta’m bilish hujayralari baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zog‘ora baliq, treska va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan mo‘ylovlar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator bo‘lib joylashgan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hujayralari bo‘lgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi, suv ostidagi
narsalarni sezishga yordam beradi.

== Tog'ayli baliqlar ==
Tog‘ayli baliqlarning skeleti tog‘aydan iborat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra yoriqlari 5–7 juft bo‘ladi. Tog‘ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o‘z ichiga oladi.

=== Akulalar turkumi ===
Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat bo‘lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o‘simtasi bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday o‘simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham
akulalarnikiga o‘xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, cho‘milayotgan
odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik tug‘adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi.

Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Ular orasida uzunligi 40–45 sm bo‘lgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi.

=== Skatlar turkumi ===
Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disksimon bo‘lib, suv tubida yashashga moslashgan. Dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi. Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi, masalan, dumining asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo‘ladi. Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 Vt kuchlanishli
elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo‘ladi.

== Suyakli baliqlar ==
Bu turkumga mansub baliqlarning xiðcha va cho‘ziq tanasi bo‘ylab orqa, yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan. Boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi. Og‘iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Skeleti, asosan, tog‘aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. O‘q skeleti xordadan iborat bo‘lib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. O‘rta Osiyo suv havzalarida suyak-tog‘ayli baliqlardan bakra baliq va soxta kurakburun uchraydi. Sirdaryo va Amudaryoning quyi va o‘rta oqimlarida yashaydigan bakra baliqning uzunligi 2 m gacha, og‘irligi 30 kg gacha boradi. Amudaryo etaklarida va uning o‘rta oqimlarida soxta kurakburun (qilquyruq) balig‘i tarqalgan.

=== Losossimonlar turkumi ===
Losossimonlarga o‘q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar kiradi. Orqa suzgichi ortida yana bitta suzgichi bo‘ladi. Dengizlarda yashovchi losos, keta, bukri baliq (gorbusha) ham shu turkumga kiradi. Sirdaryo va Amudaryoda gulmoyi, ya’ni forel ham tarqalgan.

=== Karpsimonlar turkumi ===
Tana skeleti suyakdan iborat. Bu turkumning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, bir necha yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Zog'ora baliq, Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchraydigan mo‘ylov baliq; tog‘ daryolari va soylarda tarqalgan qora baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha baliq, shuningdek, Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchraydigan laqqa ham shu turkumga kiradi.

=== Panjaqanotlilar turkumi ===
Panjaqanotlilar skeleti va suzgichlarining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga o‘xshab ketadi. Bu turkumning yagona vakili – latimeriya Hind okeanining Afrika sohili yaqinidan topilgan.