Baliqlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
{{Maʼnolari|Baliq (maʼnolari)}}
[[Fayl:Macropodus opercularis - front (aka).jpg|300px|thumb|right|Baliq]]
'''Baliqlar''' ({{lang|la|Pisces}}) — [[umurtqalilar]] kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O‘lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Qator 6:
== Baliqlar haqida tushuncha (OʻzMEdan) ==
[[Fayl:White shark.jpg|250px|thumb|right|Oq akula]]
Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan B.ning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan ([[togʻayli baliqlar|togʻayli b.]]) yoki suyakdan ([[suyakli baliqlar|suyakli B.]]) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. B. tanasini toʻlqinsimon bukib va yozib harakatlanadi. Juft va toq suzgichlari harakatlanayotganda tanani boshqarish va muvozanatini saqlash vazifasini bajaradi. Tanasi kichikroq yoki yapaloq shaklda boʻlgan B. juft suzgich qanotlarini eshkak kabi suvga urishi yoki toʻlqinsimon harakatlanishi tufayli suzadi. B.ning tanasini bukish xususiyati umurtqalar soniga va terisi sirtidagi tangachalar kattakichikligiga bogʻliq. B. umurtqalari 16 tadan (oy baliqlarda) 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar baligʻida). Bosh skeleti yaxshi rivojlangan, yuz skeleti til osti yoyi va beshtacha jabra yoyidan tashkil topgan jagʻlardan iborat. Bosh miyasi har xil darajada rivojlangan. Akulalarda oldingi miya, miyacha va hidlov boʻlimi boʻladi. <br>
Qator 69 ⟶ 71:
== Oʻzbekiston hududidagi baliq turlari ==
Hozirda O'zbekiston hududida 91 turdagi baliq mavjud[http://scienceway.ru/d/706321/d/thewayofscienceno5(15)may_3.pdf]. Ularning ba'zilari quyidagilar:
{| class="wikitable"
|