Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 358:
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab bitiruvchilari umumrespublika testida 2002-yildan beri qatnashib keladi. Umumrespublika testining asosiy testida maʼlum bir balldan (odatda 200 balldan) yuqori natija olgan bitiruvchilarga „oltin sertifikat“ beriladi va bu oʻquvchilarda oʻquv yurtiga kirish va bepul oʻqish imkoni kattaroq boʻladi. Shu kungacha Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabning birorta bitiruvchisi 200 yoki undan yuqori ball olgani yoʻq. Maktab tarixidagi eng yuqori natija boʻlmish 193 ballni 2017-yil bitiruvchisi Abdusamat qizi Meerim olgan.
 
Qirgʻizistonda umumrespublika testini 2013-yilgacha [[Qirgʻiz tili|qirgʻiz]], [[Rus tili|rus]] va [[Oʻzbek tili|oʻzbek]] tillarida topshirish mumkin edi<ref name="NST">{{cite web|title=Umumrespublika testi {{ref-ru}}|url=http://www.testing.kg/ru/testing/|work=Bilimni baholash va oʻqitish uslublari markazi|accessdate=21-oktabr, 2013}}</ref>. [[Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar (2010)|2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar]] ortidan ayrim qirgʻiz siyosatchilar muntazam ravishda testni oʻzbek tilida oʻtkazishni toʻxtatishga chaqira boshladi<ref>{{cite web|last=Elmurod|title=Qirgʻiz deputati oʻzbekcha imtihonga qarshi|url=http://www.ozodlik.org/content/article/24553009.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=29.10.2012|date=19.04.2012}}</ref>. 2013-yil oʻzbekcha umumrespublika testi yoʻq qilingani haqida xabar qilindi<ref>{{cite web|last=Indina|first=Mariya|title=„Qirgʻizistonda oʻzbekcha umumrespublika testi bekor qilindi“ {{ref-ru}}|url=http://www.news-asia.ru/view/uz/4224|accessdate=1-aprel, 2014|workwebsite=News-Asia|date=1-fevral, 2013}}</ref>. Ammo keyinroq bu qaror bekor qilindi va oʻzbek bitiruvchilarida oʻsha yili ham testni oʻz ona tillarida topshirish imkoni boʻldi.
 
2014-yil umumrespublika testi boshlanishiga juda oz muddat qolgan boʻlishiga qaramasdan, oʻzbek tili test tillari safidan olib tashlangani qatʼiyan eʼlon qilindi<ref>{{cite web|title=Qirgʻiziston: Oʻzbekcha umumrespublika testi pirovardida bekor qilindi|url=http://www.fergananews.com/news/21263|accessdate=15.04.2014|work=Fergana News|date=30.09.2013|language=ruscha}}</ref><ref>{{cite web|last=Miroshnik|first=Marina|title=Umumrespublika testidan oʻzbek tili olib tashlandi|url=http://www.vb.kg/doc/264923_yzbekskiy_iskluchili_iz_iazykov_obsherespyblikanskogo_testirovaniia.html|accessdate=15.04.2014|work=Vecherniy Bishkek|date=11.03.2014|language=ruscha}}</ref><ref>{{cite web|title=Inna Valkova: 2014-yildan boshlab umumrespublika testi oʻzbek tilida berilmaydi|url=http://kabar.kg/rus/society/full/72855|accessdate=15.04.2014|work=Qabar|date=06.03.2014|language=ruscha}}</ref><ref>{{cite web|last=Elmurod|title=Qirgʻizistonda oʻzbekcha testlar yana bekor qilindi|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25357851.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=22.04.2014|date=22.04.2014}}</ref>. Ammo testning asosiy qismi boʻlib oʻtganidan keyin, bu sinovlarda qatnashish uchun qayddan oʻtmagan va testda qatnashmagan oʻquvchilarga 2014-yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan kechki sinovlarda testni oʻzbek tilida topshirish imkoni berilishi haqida xabar berildi<ref>{{cite web|title=Qirgʻizistonda bitiruvchilarga oʻzbek tilida test topshirish imkoni berildi, ammo...|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25403235.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=07.06.2014|date=29.05.2014}}</ref>. Kechki test sinovida ishtirok etish uchun bitiruvchilar faqat [[Bishkek]] va [[Oʻsh]] shaharlarida qayddan oʻtishlari mumkinligi aytildi. Hozirda testni faqat rus va qirgʻiz tillarida topshirish mumkin.