Amudaryo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
to`g`ri vikifikasiya
Mahufi (munozara | hissa)
+
Qator 30:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Amudaryo''' — [[Turkiston]] o‘lkasidagi eng sersuv, yirik daryo. A.ni yunon va rim-liklar Oksus yoki Oksos, arablar Jay-xun, yerli xalqlar dastlab [[O‘kuz]], [[Balxob|Balx]], Vaxsh, so‘ngra [[Amul]] deb ataganlar. A. quyi va o‘rta to‘rtlamchi davrda [[Qoraqum]] orqali o‘tib, [[Kaspiy dengizi]]ga quyilgan, tog‘lardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasi-da qumlar tarkib topgan. Bu haqda [[Abu Rayhon Beruniy]] "Amudaryo tarixi" asa-rida yozib qoldirgan. Yuqori to‘rtlamchi davrda A. hozirgi o‘zani bo‘yichaoqqan. Mil. av. 10-mingyillikdan 2-ming yillikkacha [[Xorazm]] botig‘ini va qisman [[Sariqamish Botigʻi|Sariqamish botig‘ini]] to‘ldirgan. Oqimining bir qismi jan. ga oqib, hozirgi [[O‘zbo‘y]] o‘zanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan. Shu davrda Sariqamish bo‘yi deltasi tarkib topgan.Mil. av. 3-va 2-ming yilliklar ora-sida A. hozirgi Tuyamo‘yin qisig‘idan shim. ga Oqchadaryo o‘zanida oqib Orol dengi-ziga uning jan.-sharqidan quyilgan va [[Oqchadaryo]] deltasi tarkib topgan. Mil. av. 2- va 1-ming yilliklarda A. hozirgi yo‘nalishda, ya’ni Orol dengiziga jan.dan quyila boshlagan. Mil. av. 1-ming yil-likning o‘rtasida hozirgi Orol bo‘yi [[Amudaryo deltasi|Amuda-ryo deltasi]] (Orol bo‘yi deltasi) vujudga kela boshlagan. O‘sha vaqtdan A. Orol den-giziga quyilmoqda. Ba’zan oqimining bir qismi [[Sariqamish ko‘li]]ga ham borib turgan. 13-a.da mo‘g‘ul bosqinchilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqti (1220)da A.ning chap qir-g‘og‘idagi damba va to‘g‘onlar buzib tashlangan, natijada A. suvi yana [[Dovdan]] va [[Daryoliq]] quruq o‘zanlari orqali Sariqamish botig‘iga oqqan. Keyinroq to‘g‘on va dambalar ti-klangach, A. yana avvalgi o‘zani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan. 14-a.da o‘zaro urushlar sababli qirg‘og‘idagi in-shootlar buzilgan, suv yana Sariqamishga oqqan, O‘zbo‘y o‘zanida suv hatto Ka-spiy dengiziga yo‘nalgan. 17-a. boshida A.ning chap qirg‘og‘idagi to‘siqlar yana qayta tiklanishi bilan suv eski o‘zani orqali oqa boshlab, 18—19-a.larda ba’-zan oqimning bir qismi Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. A. yuqori qismida Tojiki-ston va O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasidan oqadi. A.ning uz. 2540&nbsp;km ([[Vahjir]] — [[Vohondaryo]] bilan birga), havzasining maydoni qariyb 465 ming km², shundan 227,3 ming km² suv to‘playdigan tog‘li qismiga to‘g‘ri keladi. A. Af-g‘onistonda [[Hindukush]] tog‘larining shim. yon bag‘ridan 4950 m balandlikdagi muz-likdan boshlanadi; Vohondaryo Pomir-dagi [[Zo‘rko‘]] chiqib keladigan [[Pomirdaryo|Pomir daryosi]] bilan qo‘shilgandan keyin Panj deb ataladi. Panjga o‘ngdan [[G‘unt]], [[Bartang]] , [[Yazg‘ulom]], [[Vanj]], [[Qizilsuv (daryo, Tojikiston)|Qizilsuv]] irmoklari ke-lib qo‘shiladi, nihoyat, eng yirik va ser-suv irmog‘i — Vaxsh daryosi qo‘shilgandan so‘ng A. nomini oladi; bu qismida unga yana chapdan [[Qunduz]]daryo, o‘ngdan [[Kofarnihon|Kofar-nixon]], [[Surxondaryo (daryo)|Surxondaryo]] qo‘shiladi. [[Sheroboddaryo|Sherobod-daryo]] suvi esa A. ga ahyon-ahyonda yetib bo-radi, undan g‘arbdagi [[Ko‘hitang]]daryo suvi 447ham yo‘l-yo‘lakay sug‘orishga sarf bo‘ladi. Surxondaryo quyilgandan keyin A. ga to Orol dengiziga yetguncha 1200&nbsp;km dan ziyod masofada boshqa irmoq qo‘shilmaydi. [[Zarafshon (daryo)|Za-rafshon]] bilan [[Qashqadaryo]] esa A.ning qad. irmoqlari bo‘lib, ularning suvi butun-lay sug‘orishga sarflanadi.A.ning asosiy suv rejimi uning yuqori, tog‘li qismida shakllanadi. Bu joyda A. tor, ba’zan chuqur va nishabi katta o‘zandan oqadi. O‘zan o‘rta hisobda har bir km ga 4 m dan (ayrim joylar-da esa 10 m dan ham ko‘p) pasayib bora-di. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning tezligi 4–6 m³/sek. Daryo vo-diysi ham tor, u Pomir tog‘ sistemasiga kiruvchi tik ko‘tarilgan qoyali tog‘larni aylanib o‘tadi. Tog‘ oralaridan jo‘shqin irmoqlar kelib qo‘shiladi. [[Vodiy]] eni 3–4&nbsp;km dan oshmaydi, ba’zi joylar-dagina uchraydigan qayirlar ko‘pincha to‘qayzor. Qizil-suv, Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo quyiladigan joylarda daryo vodiysi kengaygan va bu yerlarda oqindi jinslardan tarkib topgan terrasalarda dehqonchilik qilinadi, ba’zan terrasa-lar qalin to‘qayzorlardan iborat.A. Surxondaryo qo‘shilgandan so‘ng te-kislikdan oqa boshlaydi va taxminan Karkidan [[Pitnak]]kacha bo‘lgan oraliqni daryoning o‘rta oqimi deb hisoblash mum-kin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va [[Qizilqum]] cho‘llaridan o‘tib, Orol dengi-ziga quyiladi. O‘rta qismida o‘zanning o‘rtacha kengligi 1500 m. Daryoning tekis-likdan oquvchi qismida nishabi kam (har bir km ga 0,2—0,3 m). Daryo oqimining tezligi kattaligidan (2–3 m/sek) o‘zan va qirg‘oqlarini muttasil yemiradi, shu sababli o‘zan doimo o‘zgarib turadi. A.ning o‘rta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va [[Qoraqalpog‘iston]]da ([[Urganch]], [[Ellikqalʼa tumani|Ellikqal’a]]) qirg‘oqlarning o‘pirilish hodisasi — [[deygish]] kuzati-ladi. Keyingi davrda daryo o‘zanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-yillar-dan A. quyi oqimi [[Tuyamo‘yin suv ombori]] orqali boshqarilgach, bu yerlarda [[deygish]] hodisasining ta’siri bir oz pasaydi.Qishda daryoning yuqori oqimida aso-san qirg‘oqqa yaqin joylari muzlab, sho-vush hosil bo‘ladi va qisqa muddat muz oqadi, [[Karki]] sh. yaqinida qish qattiq kelgan yillari esa 10—15 kun davomida daryo yoppasiga muzlaydi. [[Chorjo‘y]] sh. va undan quyida daryoning yoppasiga muzla-shi undan ham uzoqrokdavom etadi. [[Nukus|Nu-kus]] shahridan kuyida esa daryo deyarli to‘rt oy davomida butunlay muzlaydi. Erta bahorda ayniqsa, o‘zan keskin burilgan va tor joylarda muz tiqilib suv sathi keskin ko‘tariladi va ba’zan toshkinga sabab bo‘ladi.Tekislikda A. vodiysining eni 10– 15&nbsp;km bo‘lib, ayrim joylarda 20–25&nbsp;km ga yetadi. Vodiy kengaygan joyda uchta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past tog‘lar orasidan o‘tgan joylarida vo-diyning eni 350–380 m dan oshmaydi. Pitnak yaqinida Tuyamo‘yin, o‘rta oqimida Duldulhatlagan va Eljik qisiklari bor. Tekislik qismida daryoning har ikkala sohilida kumgildan tarkib topgan, eni 2–3&nbsp;km keladigan kayirlar uchraydi.A.ning kuyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamo‘yin qisig‘idan to Orol dengiziga qadar boradi, quyi oqimining uz. 500&nbsp;km, shundan 325&nbsp;km Nukus bilan Orol den-gizi oralig‘iga — daryoning hozirgi delta-siga to‘g‘ri keladi (k. [[Amudaryo deltasi]]).A. sersuv daryo, muzlik va korlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (shu jumladan, Yer kurrasidagi eng katta tog‘-vodiy muzligi — [[Fedchenko muzligi]]) bor. Suv yig‘ish havzasida katta maydon-larni qor dalalari egallagan.A.da eng ko‘p suv oqimi iyun — iyul-da, eng kam oqim dek.— martda sodir bo‘ladi. Qish mavsumida faqat grunt va zovur suvlari hisobiga to‘yinadi. Eng ko‘p suv okimi Karki sh. yaqinida 9180 m³/sek (98,7&nbsp;km³, 1969), eng kam suv oki-mi o‘sha joyda 465 m³/sek (1930) qayd etilgan. O‘rtacha ko‘p yillik (1926—73 yillar) suv oqimi Karki sh. yaqinida 68,1&nbsp;km³ ga teng . Daryoning to‘linsuv (41&nbsp;km³) davri may — iyulda yuz beradi; apr.— sent.da oqim 12&nbsp;km³, kuz va qishda oqim 448birmuncha tekisroq taqsimlanadi, nove-getatsiya davrida oqim 15&nbsp;km³ (yoki butun okimning 22%)ni tashkil qiladi. A. da okimning miqdori Orol havzasida havo massalarining regional sirkulyatsiya xa-rakteriga bog‘liq, yog‘in har 4—5 yidda kamroq tushib, har 6—10 yilda ko‘proq bo‘lishi aniqlangan. A. havzasida eng so‘nggi suv taqchilligi davri 1995 yildan boshlandi va 2002 y. gacha davom etishi mumkinligi bashorat qilinmoqda.60-yillardan suv xo‘jaligi va sug‘orish ishlarining jadal rivojlanishi na-tijasida A. oqimi tartibi va miqdori keskin o‘zgara boshladi. Mac, 60-yillar-gacha o‘rtacha yillik oqim miqdori Karki sh. yonida 2080 m³/sek, quyi oqimi (Chat-li)da esa 1500 m³/sek ni tashkil etgan. 80-yillarda ulardagi suv sarflari Karki sh. yonida 1850 m³/sek va Chatlida 170 m³/sek ga teng bo‘ldi. A.ning Orol dengizi-ga kuyilishiga yaqin qismida joylash-gan [[Qiziljar]] kuzatuv manzilida undan ham kam (160 m³/sek) suv miqdori kayd etilgan. 90-y. larning 1-yarmida Orol dengizini qutqarish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida A. delta-siga kelayotgan suv miqdori 1995 yilgacha birmuncha ortdi (yiliga ba’zan 24,2&nbsp;km³ gacha).A. suvi tabiiy holatda (60-yillargacha) apr.— avg .da ko‘paygan. Lekin ko‘plab yi-rik [[suv ombori|suv omborlari]] ([[Norak suv ombori|Norak]], Tuyamo‘yin va boshqalar) qurilishi daryo suvining ma’lum da-rajada kamayishiga olib keldi.60-yillargacha A. suvi nihoyatda loyqa, o‘rta hisobda har bir m³ suvda 3740 g oqizik bo‘lgan; o‘rtacha yillik oqiziqlar miqdori Karki yonida 210 mln.t, delta-da esa 100 mln.t ga yetgan. Ular sug‘orish tizimlari va dalalarda cho‘kib qolgan. A. ning oqiziqlarida o‘simliklar uchun oziq bo‘lgan [[ohak]], [[kaliy]], [[fosfor]] kabi mineral moddalar bor. Yirik suv om-borlari qurilishi natijasida daryo su-vining loykaligi keskin kamaydi. 80-yillarning 2-yarmi — 90-yillarning boshla-rida loyqa miqdori yiliga Karki yonida 90 mln. t ga, quyi i oqimi ([[Chatli]]) da esa 18 mln. t bo‘ldi. A.ning suv rejimi antropogen omillar ta’sirida o‘zgarmagan davrida daryo har yili dengizga qariyb 18 mln. t tuz keltirgan. Hozirgi kunda bu miqdor keskin kamaydi, lekin umumiy okim miqdorining kamayishi hisobiga daryo suvining minerallashuv darajasi ancha ortdi.A. havzasidagi vohalardan zovur tashlamalari (yiliga o‘rtacha 20&nbsp;km³)ning qariyb yarmi daryoga oqizilishi suv sho‘rligining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Surxondaryo A.ga quyilgandan so‘ng suv-ning minerallashuv darajasi o‘rtacha 0,4—0,6 g/l ga, Tuyamo‘yin gidrouzeli-dan so‘ng 1,0—1,2 g/l, Chatli — [[Temirboy|Temir-boy]] oralig‘ida esa 1,4—2,5 g/l ga ortib bormoqda. Daryo suvining minerallashuv darajasi mart — apr.da zovur suvlari hisobiga yuqori bo‘ladi, yezda esa qor va muzliklarning erishi bilan keskin kamaya-di. A. o‘zaniga minerallashgan suv asosan [[Qarshi]] [[voha]]si (7,7 g/l), daryoning Turkma-niston sohilidagi sug‘oriladigan yerlar-dan (3,5 g/l), [[Buxoro vohasi]]dan (3,5 g/l) tushadi. A.ga tushayotgan zovur va korxo-nalar oqova suvlarida [[Sulfatlar|sulfat]] va [[xlor]], [[magniy]], [[natriy]] tuzlarining salmog‘i ancha ortgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra A. suvi tarkibida azot [[Nitratlar|nitrati]], neft [[mahsulot]]lari, [[fenol]], [[mis]], [[rux]], pestitsidlarning miqdori ruxsat etil-gan me’yor (REM) dan bir necha (2—5) ba-ravar ko‘pligi aniqlandi. Ifloslangan suv A.ning Termizdan Orol dengizigacha bo‘lgan qismiga to‘g‘ri keladi. Suvning ifloslanganligi Zarafshon, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo vohalaridagi aholi ora-sida 70-yillardan boshlab turli kasalli-klarning tarqalishiga, chorva mollari-ning nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Tuyamo‘yin suv omboridan olingan suv pestitsid, kimyoviy moddalardan tozala-nib, minerallashuv darajasi 0,6— 0,8 g/l gacha kamaytirilgach, Nukus, Urganch, [[Toshhovuz]] sh.lariga quvurlar or-qali uzatilmoqda.A. suvining tozaligini muhofaza 449qilish uchun daryoning o‘ng sohili bo‘ylab maxsus tashlama — [[Sho‘rdaryo]] qurilishi loyihalangan. Loyihada Surxondaryo, Qarshi, [[Buxoro]], Qoraqalpog‘iston va boshqa vohalarning zovur suvlarini tash-lama orqali Orol dengiziga oqizish mo‘ljallangan. Sho‘rdaryoni qazish [[Buxoro viloyati|Buxo-ro viloyati]]da boshlandi.A.ning sug‘orishda ahamiyati juda katta. [[Chorjo‘y]] va Xorazm vohalarida yer-lar qadimdan sug‘orilib, dehqonchilik qilib kelinadi. A.ning suv zaxirala-ridan keng miqyosda foydalanish 80-yillardan avj olib ketdi. A.ning yuqori qismida Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo kabi irmoqlaridan kanallar chiqarilib, Tojikiston va O‘zbekistonda yangi yerlar o‘zlashtirildi. A.ning o‘rta oqimida 1954 yilda [[Qoraqum kanali]] qurilishi boshlan-di. Buxoro yerlarini A. suvi bilan sugorish uchun [[Amu-qorakoʻl kanali|Amu-Qorako‘l kanali]], [[Amu-buxoro mashina kanali|Amu-Buxoro mashina kanali]], [[Qarshi magistral kanali|Qarshi magistral kana-li]] qurildi.A. quyi qismida [[Toshsoqa]], [[Shovot]], [[Qilichniyozboy]], [[Qipchoq-Bo‘zsuv]], [[Suelli kanali|Suelli]], [[Paxtaarna]], [[Qizketgan]], [[Kegeyli]], [[Quvonishjarma]] irrigatsiya tizimlari-ning ta’mirlanishi natijasida ayni vaqtda [[Taxiatosh gidrouzeli]] (1974) va [[Tuyamoʻyin GES|Tuyamo‘yin gidrouzeli]] (1978) qurib bit-kazildi, daryodan kanallarga suv olish hajmi ko‘paydi.Hozirgi kunda A.ning eski o‘zanlari izi-dan Daryoliq va Ko‘lli tashlamalari ishga tushirilgan. Xorazm vohasidan yer osti sho‘r suvlari Sariqamish ko‘liga shu tash-lamalardan oqizilmoqda. Tash-lamalar orqali Sariqamish botig‘iga yiliga 4,5—5,0&nbsp;km³ suv tashlanmoqda. A.ning quyi qismida 60-yillarda har birining uzunligi qariyb 100&nbsp;km bo‘lgan bir necha yirik kollektor-zovur tarmoqlari qurildi. Ularning o‘rtacha yillik suv sarfi qariyb 5 – 20 m/sek chamasida bo‘lib, ko‘pchiligi suvini Orol dengizi-ning qurib qolgan qismiga quymoqda.A. havzasida suv taqchilligining ku-chayishi bilan suv zaxirasidan oqilona foydalanish muammosi tobora keskin lasha boshladi. A.ning suv oqimini faqat mavsumlararo tartibga solishdan tashqari ko‘p yillik suv oqimini ham tartibga solish zarur bo‘ldi. Buning uchun A. havzasining tog‘li qismida Vaxsh daryosida Norak suv ombori (to‘liqsuv hajmi 10,5&nbsp;km³, foydali suv sig‘imi 4,5&nbsp;km³) ishga tushirildi. Loyihalangan [[Rogʻun (GES)|Rog‘un]] suv ombori (to‘liq suv hajmi 14&nbsp;km³, foydali suv sig‘imi 8,7&nbsp;km³) va boshqa qurilishi daryo suvining ko‘p yillik suv oqimini tartibga solishga imkon bera-di.1992 yilda A. va Sirdaryo suv re-surslarini Tojikiston, Turkmani-ston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va [[Qozog‘iston]] davlatlari o‘rtasida bar-cha imkoniyatlarni to‘g‘ri hisobga olgan holda taqsimlanishi uchun A. (Urganch shahrida) va [[Sirdaryo daryosi|Sirdaryo]] ([[Toshkent]] shahrida) havza suv xo‘jaligi boshqarmalari tashkil qilindi. Boshqarmalar yil boshida maz-kur havzalarda joylashgan mamlakatlar-ning suvga bo‘lgan talabini e’tiborga olgan holda mavjud suv boyliklari-ni o‘zaro taqsimlaydi (chunki har yili havzalarda turli miqdorda suv resurs-lari vujudga keladi). O‘rta Osiyo dav-latlari va Qozog‘iston suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish davlatlararo komis-siyasi ham Amudaryodan foydalanish bilan shug‘ullanadi.A. havzasi ulkan gidroenergetika resurslariga ega. Jami gidroenergeti-ka resurslari 63,2 mln. kVt ni tashkil qiladi. Havza bo‘yicha mazkur gidroe-nergetika resurslarining 29,8% Panj, 38% Vaxsh, 5,6% Kofarnihon, 3,0% Surxondaryo, 1,0% Qashqadaryo, 5,4% Za-rafshon, 17,1% A. havzalariga to‘g‘ri ke-ladi. Hozirgacha A. havzasidagi gidroe-nergetika resurslarining faqat 2% dan ziyodroq qismi amadda foydalanilmoqda. Ishga tushirilgan gidroinshootlarning eng kattasi Vaxsh daryosining Pulisan-gin darasida qurilgan Norak suv ombori va GESdir. 60-yillargacha A.da suv trans-porti keng yo‘lga qo‘yilgan edi. Lekin, keyingi yillarda Chorjo‘y — [[Qo‘ng‘irot]] 450t.yilni qurish hamda avtomobil yo‘llari tarmoqlarining rivojlanishi, ayni vaqtda daryoning sayozlanishi natijasida umumiy yuk tashishda A. suv transporti-ning hissasi keskin kamayib ketdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->