Abulqosim Lohutiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{DEFAULTSORT:
Surat
Qator 1:
{{Adib
| Ism = Abulqosim Lohutiy
| Ism (oz tilida) = {{lang-fa|'''ابوالقاسم لاهوتی'''}}
| Surat = Abolqasem Lahouti.png
| To`liq ismi =
| Taxallus =
Qator 18:
| Sayt =
}}
[[File:Lahuti Abolqasem (1887-1957).jpg|thumb|N. Kravchenko tomonidan Lahuti rasmi]]
'''Abulqosim Lohutiy''' (1887.12.10., [[Kirmonshoh]], [[Gʻarbiy Eron]] — 1957.16.3, [[Moskva]]) — fors-tojik shoiri, yangi tojik sheʼriyatining asoschilaridan biri. 1905—11 yillardagi [[Eron inqilobi]]ning ishtirokchisi. "Bisotun" [[gazeta]]si (1916, [[Kirmonshoh]] shahri), "[[Fors]]" [[jurnal]]i (1921, [[Istanbul]] shahri)ni nashr ettirgan. 1922 - yil ikkinchi [[Tabriz qoʻzgʻoloni]]ga ("Lohutiyxon qoʻzgʻoloni") rahbarlik qilgan. Bu qoʻzgʻolon bostirilgach, Erondan chiqib ketishga majbur boʻladi. Avval [[Moskva]]da, soʻng [[Dushanbe]] shahrida yashay boshlaydi. "Uch qatra" (1932), "Farangiston safari" (1934) [[doston]]lari, "Shevchenko vasiyatnomasiga javob" (1934), "Oqin Jambulga" (1937) va boshqa sheʼrlari xalqlar doʻstligi mavzusida. [[2-jahon urushi]] yillari yozilgan sheʼr va dostonlari fashizm ustidan gʻalabaga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. "Temirchi Kova" (1939) [[libretto]]si tojik adabiyotida bu janrda yozilgan ilk asardir. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan asarlarida tinchlik tarannum etilgan ("Tinchliksevarlar qoʻshigʻi", "[[Miting]]" va boshqalar). "Eron naʼrasi" (1950), "Koreya xalqiga" (1952) sheʼrlarida esa [[Sharq]] xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashga daʼvat etiladi. A. S. Pushkin, A. S. Griboyedov, V. V. Mayakovskiy, U. Shekspir, Karpo Vega va boshqa yozuvchilarning asarlarini [[tojik tili]]ga tarjima qilgan. Lohutiy bir necha yil [[Toshkent]]da yashadi. [[Oʻzbekiston]]ga bagʻishlangan bir turkum sheʼrlar yaratdi ("Oʻrta Osiyo", 1934; "Oʻzbekiston", 1939; "Oʻzbek onasining topshirigʻi", "Doʻst keldi", 1941 va boshqalar). Asarlari [[oʻzbek tili]]da nashr etilgan (Devon, 8 • 1 1958; "Tanlangan asarlar", 1968).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>