Afrosiyob (tezyurar poyezd): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 15:
Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, kucha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.
 
Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda [[Chor Rossiyasi]] tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912— 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Fanlar acsdemiyasi Tarix va arxeologiya institut bilan birgalikda Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan buhronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.
 
Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. 3 — 1-asrlarda, [[Kushonlar saltanati]] davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „[[Ixshid]]“, Buxoro hukmdorlari esa „[[Buxorxudot]]“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.