<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Paxta''', chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulotmahsulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) aj-ratibajratib olinadi. Shuning uchun butun du-nyodadunyoda P. tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻlla-niladiganqoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda P.ni kaytaqayta ishlash va tolani tozalash jarayonida uliko'lik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta P. momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. P.da 30— 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% uliko'lik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi. Gʻoʻzaning se-leksionseleksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab P., oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. P. qoʻlda va mashina bilan teriladi. P. tolasining pishib yetilganlik koeffitsiyentakoeffitsiyentda va tashkitashqi koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda na-mligiganamligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi.
P. navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, lab. usulida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi.
Toʻqimachilik, yogʻmoyyogʻ-moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi (q. [[Paxta tolasi]]).
Vohid Rakipov, Umar Azizxoʻjayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Paxta tolasidan [[ip]] eshiladi, [[gazlama]] tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum: Meksika va [[Pokiston]]da eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar topilgan.
BugundaBugungi kunda dunyo boʻylab yiliga 25 million [[tonna]]gacha paxta yetishtiriladi, paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan. [[Xitoy]] paxta yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.<ref>[http://www.naturalfibres2009.org/en/fibres/cotton.html "Natural fibres: Cotton"], International Year of Natural Fibres</ref>
===Yetishtiruvchi mamlakatlar===
|