Ekologiya — versiyalar orasidagi farq

2 624 bayt olib tashlandi ,  3 yil oldin
Yangiliklar bilan boyitdim
(Matn qo'shdim)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
(Yangiliklar bilan boyitdim)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
'''Ekologiya''' (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui. E.ni organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. E. oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy E.ga ajratiladi.
 
Davomi...
Umumiy E. organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganadi. U populyatsiyalar E.si, biotsenologiya, ekosistemalar E.si kabi boʻlimlardan iborat. Populyatsiyalar E.si populyatsiyalarining strukturasi va miqdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar E.si) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
Ekologik muammolarni oldini olishda uzluksiz eko-ta'limning o'rni
 
BIZ XXI ASR AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASRIDA YASHAR EKANMIZ, KISHILIK JAMIYATINING TEZKOR RAVISHDA RIVOJLANIB BORAYOTGANLIGINI TA’KIDLAMAY ILOJIMIZ YO’Q. TO’G’RI, BU KO’P TOMONLAMA JAMIYAT RIVOJI UCHUN IJOBIY O’ZGARISHLARGA OLIB KELSA-DA, TABIATNING SOF HOLDA SAQLANISHIGA BIR QADAR TALOFAT HAM YETQAZISHI AYNI HAQIAQDIR. SHU JUMLADAN, TA’KIDLAB O’TISH JOIZKI, FAN VA TEXNIKANING RIVOJLANISHI-DA BU KABI EKOLOGIK MUAMMOLARNING OLDINI OLISHGA OJIZLIK QILADI.
Xususiy E. muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini oʻrganadi (mas, hasharotlar E.si). Baʼzan xususiy E.ga muayyan ekosistema va hamjamoani oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, qishloq xoʻjaligi ekosistemalari E.si — agroekologiya; oʻsimliklar hamjamoalari E.si — fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari E.sini oʻrganadigan gidrobiologiya ham E.ning bir qismi hisoblanadi. E. autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga taʼsirini oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan fan)ga ham ajratiladi.
 
Bugungi kunning eng o’tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatidir. BMT bosh kotibi tomonidan qabul qilingan “suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o’zaro chambarchas bog’liq” degan pozitsiya nafaqat O’zbekiston balki ko’pgina rivojlangan davlatlar tomonidan ham iliq kutib olindi.
"E." terminini 1866 yil nemis olimi E. Gekkel organizmlarning atrof muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif etgan. E.ning fan sifatida yuzaga chiqishi 18— 19-asrlarda yashagan naturalistlar va geograflarning ishlari bilan bogʻliq. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning organizmlarning tarqalishi va dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor berishdi. Ayni shu davrda organizmlarning bir butun majmui boʻlgan tabiiy biotsenozlar toʻgʻrisidagi tasavvurlar shakllana boshlaydi. E. 20-asrning 20—30- yillarida jadal rivojlana boshladi. Bu davrda amerika zoologi Ch.Elton populyatsiyalar va hamjamoalarni oʻrganishning asosiy vazifalarini koʻrsatib berdi; italiyalik va amerikalik matematiklar V. Volterra va A. Lotka populyatsiyalarning oʻsishi, oʻzaro taʼsirining matematik modellarini taklif etishdi; rus mikrobiologi G.F. Gauze bu modellarni tajribada sinab koʻradi. Xuddi shu davrda gidrobiologiyala tirik organizmlar orqali moddalar va energiya oʻzgarishini miqdoriy jihatdan oʻrganish boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit bilan oʻzaro bogʻlangan organizmlar komplekslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarning shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining "ekosistema" (1935) va rus botanigi V.N. Sukachevning "biogeotsenoz" (1940) tushunchalarining yaratilishi bilan bogʻliq.
Prizidentimiz tomonidan aytilgan: “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarni o’z salohiyatini namoyon qilishlari uchun kerakli shart-sharoitlarini yaratish, ularga har tomonlama sifatli va global fanlarni o’qitish, butun dunyo uchun kerakli kadr sifatida tarbiyalash asosiy burchimizdir”. Zero, prizidentimiz tomonidan e’tirof e’tilgan dunyoviy fan sirasiga kiruvchi “Ekologiya” fanini biz, yoshlar chuqur o’rganishimiz, bu fanni mukammal bilmaslik oqibatida kelib chiqadigan global muammolarni to’g’ri baholay bilishimiz zarurdir
 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O'zbek tili va adbiyoti Universiteti talabasi Umarova Asila
20-asrning 50- yillarida umumiy E. shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan sistemalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga qaratiladi. E. tadqiqotlarida miqdoriy metodlar keng tarqala boshlaydi; lab. va tabiatda oʻtkaziladigan tajribalar hamda matematik modellashtirishlar keng qoʻllanila boshlanadi.
 
20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tugʻilishi bilan E.ning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni "ekologiyalashtirish" boshlandi; E. bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy bogʻlanish paydo boʻldi. Hozirgi davrda sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiii resurslardan ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib qoldi.
 
Ekologiya keng tarmoqli fan bo'lib, 80 dan ortiq fanni o'z ichiga oladi.
 
Oʻzbekistonda E.ning rivojlanishi D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda.
 
== Shuningdek qarang ==