Doʻlana: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 25 × [[]], imlo; - {{no iwiki}}
Mahufi (munozara | hissa)
+
Qator 1:
{{Taxobox
| color = lightgreen
| name = Doʻlana
| image =
| image_width = 240px
| image_caption =
| regnum = [[Oʻsimlik]]
| divisio =
| classis =
| ordo =
| familia =
| subfamilia =
| genus =
| species =
| binomial =
| binomial_authority =
}}
'''Doʻlana''' ({{lang|la|''Crataegus'' L.}}) — [[raʼnodoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub [[daraxt]] yoki [[buta]]. Bal. 6—10 m, tanasining yoʻgʻonligi 40—50 sm, sershox. 890 [[tur (biologiya)|tur]]i bor, shundan 10 turi [[Oʻzbekiston]]da oʻsadi, [[Xitoy]], [[Ispaniya]], [[Italiya]], [[Jazoir]], [[Amerika]] va b. mamlakatlarda ham tarqalgan. [[Barg]] cheti yirik tishli yoki patsimon boʻlingan, [[poya]]ga ketma-ket oʻrnashgan. [[Gul]]i mayda, [[toʻpgul]]ga yigʻilgan. Mevasi 1—5 [[danak]]li. D.ning manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladigan, shuningdek, boʻrikoʻz D., sariq D., qizil D. degan turlari bor. D. yovvoyi holda Oʻzbekistonning togʻli [[tuman]]larida, dengiz sathidan 1000—1500 m balandlikda, koʻpincha, yakka holda usadi, baʼzan kichik D. zorlar ham uchraydi. Baʼzi turlarining mevasi yirik, koʻp isteʼmol qilinadi. Sariq D. guli nektar (gulshira)ga boy. D. may—iyunda gullaydi, sent. oxirlarida pishadi, 25—30 yoshli daraxti 70—80 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 11,5—15,9% qand, 8% yogʻ, 0,67—0,88% [[olma kislota]] bor. Xalq tabobatida ishtaha ochuvchi, ichni qotiruvchi dori sifatida qoʻllaniladi. D. bargi, [[poʻstloq|poʻstlogʻi]] va [[ildiz (oʻsimlik)|ildiz]]i qaynatmasi bilan matolarni sariq va qoʻngʻir rangga boʻyash mumkin. D. [[olma]], [[nok]], [[behi]] uchun yaxshi payvandtag boʻladi. [[Urugʻ (oʻsimliklar)|Urugʻ]]i, ildizi, ildiz bachkisi va [[ildizpoya|ildiz poyasidan]], parhish yoʻli bilan ham koʻpaytiriladi.