Dukkakdoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyot: kichik o'zgarishlar
Mahufi (munozara | hissa)
+
Teg: Yangi yoʻnaltirish
 
Qator 1:
{{birlashtirish|#YOʻNALTIRISH [[Burchoqdoshlar}}]]
'''Dukkakdoshlar''', dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) — ikki pallali oʻsimliklar oilasi (koʻp yillik va bir yillik oʻtlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiqturkum, 12000 turni oʻz ichiga oladi. Yer yuzining hamma oʻlkalarida keng tarqalgan. Ayrim sistematikalarda D. 3 kenja oilaga — mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae) ajratilgan. Koʻp turlari dehqonchiliqda yetishtiriladi. Barglari murakkab, pat shaklli (juft yoki toq), 3 boʻlakli yoki panjasimon. Barglari asosida turli shakl va kattalikda yon bargchalari bor. Mevasi bir uyali, bitta mevabargdan tashkil topgan dukkak. Yakka yoki toʻpgulga yigʻilgan. Gulqoʻrgʻoni 4—5 boʻlakli, kosacha va gultojga boʻlinadi. Gultoji egri-bugri, 5 toj-bargdan iborat: 1 yirik (yelkan), 2 oʻrtacha (eshkak) va 2 kichikroq kemacha hosil qiladi. Changchisi 10 ta, baʼzan 9—5 ta, odatda, 9 tasi iplar bilan birikkan boʻlib, bittasi erkin boʻladi. Urugʻchisi bitta, usti tugunchali.
 
D.ning barcha turlari oʻsimlikni azot bilan taʼminlovchi azot toʻplovchi mik-roorganizmlar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuninguchun ham dukkakli don ekinlari boshqa ekinlar uchun eng yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. D. qimmatbahr oziq-ovqat, texnika, ozuqabop hamda manzarali oʻsimliklardir. Dukkakli don ekinlari xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega, doni oqsil (mas, noʻxat, soya, yasmiq va h.k.), kraxmal va moyga boy (soya, yeryongʻoq va b.). Sugʻorma dehqonchilikda D.da eng qimmatlilari koʻp yillik va bir yillik ekinlar hisoblanadi. Mac, beda gʻoʻza-beda almashib ekishning asosiy ekini. Ayrim turlarining poʻsti hamda yogʻochlik qismida qimmatli texnik moddalar — gummi, balzam, smolalar bor. D.dan drok (sariq gulli dukkakli choʻl oʻsimligi), indigo va b.dan boʻyoqlar olinadi. Ayrim D. — akatsiya, koʻk noʻxat, pechakgul, boʻridukkak manzarali, baʼzilari esa — shirinmiya yoki qizilmiya, termopsis, sano, kassiya va b. dorivor oʻsimliklardir. D.ning koʻpchilik turlari zaharli, oʻzida har xil alkaloidlar hamda glikozidlar toʻplaydi.
 
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Sahobiddinov S. S, Oʻsimliklar sistematikasi. T., 1969;Hamidov A., Nabiyev M., Odilov T., Oʻzbekiston oʻsimliklari aniqyaagichi, T., 1987.
 
Qoʻziboy Dushamov.
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar]]
 
 
{{stub}}