Ozarbayjon turkchasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Arslanteginghazi Ozarbayjon tili sahifasini Ozarbayjon turkchasiga koʻchirdi: tog`ri ismi shu
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
[[Fayl:Idioma azerí.png|thumbnail]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ozarbayjon tiliturkchasi''' yoki Ozarbayjon tili - turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasida, qisman Armaniston, Gruziya, Turkiya, Iroq Respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln.ga yaqin — 1979 yil maʼlumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shim. (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); jan. (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farqlar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.
 
Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farqli jihatlari: Ozarbayjon tili da 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va boshqa Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hozirgi Ozarbayjon tili leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.