Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

xulosa tahrirlanmadi
Miloddan oldingi davrlardan to [[X]] asrlargacha bõlgan davr. Bu davrdagi til fanda '''qadimgi turkiy til''' deb yuritiladi. Qadimgi xalq oģzaki ijodi namunalari, Õrxun-Enasoy yodgorliklari ([[VI]]—[[VII]] asrlar) shu tilda yaratilgan.
 
[[XI]]—[[XIV]] asrlarda amalda bõlgan til '''eski turkiy til''' deb ataladi. [[Mahmud Qoshgʻariy|Mahmud Qoshģariy]]ning „Devonu-luģatit-turk“turk‟ („Turk tillari devoni“devoni‟), [[Yusuf Xos Hojib]]ning „Qutadģu bilig“bilig‟ („Saodatga yõllovchi bilim“bilim‟), [[Adib Ahmad Yugnakiy|Ahmad Yugnakiy]]ning „Hibatul haqoyiq“haqoyiq‟ („Haqiqatlar armuģoni“armuģoni‟), [[Xorazmiy]]ning „Muhabbatnoma“„Muhabbatnoma‟, [[Rabgʻuziy|
Rabģuziy]]ning „Qissai Rabģuziy“Rabģuziy‟ asarlari shu tilda yaratilgan.
 
[[XV]] asrdan [[XIX]] asrning ikkinchi yarmigacha qõllangan til '''eski õzbek adabiy tili''' deb nomlangan. [[Atoyi]], [[Sakkokiy]], [[Sayfi Saroyi]], [[Lutfiy]], [[Alisher Navoiy]], [[Bobur]], [[Mashrab]], [[Turdi]], [[Maxmur]], [[Gulxaniy]], [[Muqimiy]], [[Furqat]], [[Zavqiy]] va boshqa kõplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
 
[[XIX]] asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til '''hozirgi õzbek adabiy tili''' deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“gazeti‟ nashr qilina boshlagan vaqtdan ([[1870]]-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi õzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
 
Õzbek tili [[XI]] asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va [[XIII]] asrda eski õzbek adabiy tili shakllanib bõldi.
 
Eski õzbek tilining rivoji buyuk [[Alisher Navoiy]]ning nomi bilan boģliqdir. U eski õzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-luģatayn“luģatayn‟ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda õzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.<ref>[http://onatili.uz Oʻzbek tili haqida sayt]</ref>
== Grammatikasi ==
=== Kelishiklar ===
Anonim foydalanuvchi