Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Imon-iymon
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 24:
| Vikislar = Category:
}}
Nuh alayhis-salom ({{lang-ar|نوح}}) Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Injildaga Noyga to‘gri keladi. Qur’onga ko‘ra, Alloh Nuh alayhis-salomni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborgan. Nuh alayhis-salom o‘z qavmi ichida uzoq umr ko‘rdi, yaʼni, 950 yil yashadi ([[Ankabut surasi]], 14-oyat). U turli iloxlarga, butlarga sig‘ingan qavmini to‘g‘ri yo‘lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga daʼvat etdi. Lekin qavm uning so‘ziga kirmadi, uni masxara qildi. Nuh alayhis-salomning daʼvatiga hatto o‘zining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda Nuh alayhis-salom Allohdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni so‘radi ([[Shuaro surasi]], 118-119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, Nuh alayhis-salomga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko‘p yomg‘ir yog‘dirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qo‘shilib ulkan to‘fon paydo bo‘ldi. To‘fonda barcha kofirlar halok bo‘ldi, faqat kemadagilar sog‘ qoldilar. To‘fon boshlanishidan oldin Nuh alayhis-salomning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. Nuh alayhis-salomning otalik mehri qo‘zg‘ab, o‘g‘lini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa, otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon saqlamoqchi bo‘ldi, lekin u ham halokatga uchradi ([[Hud surasi]], 45-47-oyatlar). Suv pasaygandan keyin kema Judiy tog‘i ustida to‘xtadi. Kema tog‘ tepasiga kelib to‘xtab, yer to‘fon suvini yutib bitirgach, Alloh Nuh alayhis-salomni kemadan yerga tushishga buyurdi. Nuh alayhis-salom va unga imoniymon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. Nuh alayhis-salom qissasini bayon qiluvchi [[Nuh surasi]] ham nozil bo‘lgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==