Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 40:
}}
'''Ismoil Anvar''', boshqa manbalarda '''Anvar posho''' avval '''Anvarbey''' ({{lang-ota3|اسماعیل انور پاشا}}, {{lang-tr|Enver Paşa}}); (1881.22.11, Istanbul — 1922.4.8, Boljuvon) — Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, "Ittihod va taraqqiy" partiyasi rahbarlaridan biri. 1903 yilda Istanbul Bosh shtab akademiyasini bitirgan. 1909—11 yillarda Berlinda harbiy atta-she. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germa-niya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. 1908 y. Turkiyada davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilib, Sulton Abdulhamid II hokimiyatiga chek qo‘ydi, Turkiyaning chet davlatlar tomo-nidan bo‘lib tashlanishiga barham ber-di. 1913 y. yanvarda "Hurriyat va ittihod" partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal’at posho hamda Jamol posho bilan birga no-rasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va 1-jahon urushiga qo‘shilishi tashabbuskori bo‘ldi, bosh qo‘mondon — sultonning no-ibi sifatida urushda turk qo‘shinlariga qo‘mondonlik qildi. Turkiya urushda yen-gilgach, Anvar posho avval Germaniya, Rossiyaga va nihoyat 1921 y. kuzida Buxoroga keldi va Turkiston istiqlolchilari tarafiga o‘tganini e’lon etdi. Bolsheviklarga qarshi kurashga qo‘shilganA. p.  1922 y.4 avg . kuni kichik bir guruh bilan Boljuvon-ga kirib kelgan qizil qo‘shinga qarshi hujum vaqtida shahid bo‘ldi.
U Baljuvondan turmush oʻrtogʻiga yozgan oxirgi xatida bunday deydi:<blockquote>{{Iqtibos|Sen bilursanki, manim haqimda tuhmat tashviqotlar tarqatib yurgan badbaxt kimsalarning iddao etganlaridek, bu olis diyorga (yaʼni Turkistonga) mol-dunyo axtarib, boy boʻlmoq yoki oʻz hokimiyatimni qurmoq uchun kelganim yoʻq. Meni sendan uzoqlashtirib, bu joylarga keltirgan Janobi Haqning zimmamga yuklagani bir vazifadir...<ref>http://www.e-tarix.uz/milliyat-insholari/maqolalar/1059-maqola.html</ref>}}
</blockquote>
== Vafoti haqida ==
1922-yil 4-avgust Qurbon hayitining ikkinchi kuni Anvar posho Baljuvonda vafot etgan.
Chekist Georgiy Agabekov oʻzining esdaliklarida Anvar poshoning joylashgan joyini topish opaeratsiyasi haqida yozib qoldirgan (Agabekov oʻzining sherigi bilan savdogarlar qiyofasida mahalliy aholiga aralashib ketgan va pul, pora evaziga Anvar posho shtabi joylashgan yerni bilib olganlar). Oʻsha esdaligida Anvar posho shtabiga hujum qilgan otliq divizion qoʻmondoni raportini ham ilova qilgan: <blockquote>{{Iqtibos|Anvar posho boshchiligidagi bosmachilar shtabi toqqa qarab qochmoqchi boʻldi, biroq ular pistirmadagi eskadronga duch kelib, jangni qabul qilishdi. Jang natijasida dushman shtabi yoʻq qilindi. Faqat uchta odam qochib qutuldi. Jang maydonida 28 ta jasad qoldi. Ularning orasida Anvar posho ham bor edi. Qilich zarbidan uning boshi va jasadining bir qismi chopilgan. U bilan "Qurʼon" topildi.<ref>Георгий Агабеков ЧК за работой Глава VI. Убийство Энвер-паши — Приложение к журналу «Отечественные архивы»</ref></blockquote>}}
 
== Adabiyotlar ==