Mikroorganizmlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Mikroorganizmlar''' - asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. M.ga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqa kiradi. M. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. M. tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha M. boʻladi. M.ning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. M.ning fiziologikmorfologikfiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina M. bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari koʻp xujayralihujayrali iplar (mitseliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi M. ham mavjud. M. tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. M. tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. M. oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi M. va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. M. fosfor, azot, uglerod, oltin-gugurtoltingugurt, temir va boshqa ningboshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashq-aritashqari, tuprokdatuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. M. hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi (yana q. [[Mikroflora]]).
 
Abdukarim Zikiryoyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>