Georgiy Jukov — versiyalar orasidagi farq

k
tahrir izohi yoʻq
k
'''Jukov Georgiy Konstantinovich''' [1896.19.11 (1.12), [[Kaluga viloyati]], Strelkovka qishlogʻi — 1974.18.6, [[Moskva]]] — harbiy arbob, sarkarda. Sobiq Ittifoq [[marshal]]i ([[1943]]), toʻrt marta [[Sovet Ittifoqi Qahramoni]] (1939, 1944, 1945, 1956) [[Xalxin-Gol daryosi boʻyidagi jang]]da qatnashgan ([[1939]]). [[Kiyev]] harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (1940 y.danyildan). 1941 y.yil yanvar—iyudda Bosh shtab boshligʻi — SSSR Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari. J. Jukov [[Ikkinchi jahon urushi]]da nemis-fashist bosqinchilarini tor-mor keltirishda muhim rol oʻynagan: [[Moskva jangi|Moskva]] va [[Leningrad jangi|Leningrad]] janglari (1941 — 42), Leningrad qamalini yorib oʻtish, [[Stalingrad jangi|Stalingrad]] va [[Kursk jangi|Kursk]] janglari (1942— 43), Oʻng qirgʻoq Ukrainasidagi hujum, Belorussiya operatsiyasi (1943—44), [[Visla-oder operatsiyasi|Visla-Oder]] va [[Berlin operatsiyasi|Berlin]] operatsiyalari (1944—45)da oʻzining mohir sarkarda ekanligini koʻrsatgan. 1942 y.yil avg .dan urushning oxirigacha Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari, Oliy Bosh qoʻmondon oʻrinbosari. Oliy Bosh qoʻmondon nomidan 1945 y.yil 8 mayda [[fashistlar Olmoniyasi]]ning soʻzsiz taslim boʻlganlik (kapitulyasiya) haqidagi hujjatni qabul qilgan. 1945—46 y.laryillar Germaniyadagi sovet qoʻshinlari guruhi bosh qoʻmondoni va Sovet harbiy maʼmuriyati boshligʻi. 1946 y.yil martdan Quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni, SSSR Qurolli Kuchlar vaziri oʻrinbosari. Shu yilning oʻzida [[Iosif Stalin|I. V. Stalin]] tomonidan ishdan chetlatilgan. 1946 y.yil iyundan Odessa harbiy okrugi, 1948 y.danyildan Ural harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 1953 y.danyildan SSSR mudofaa vaziri 1-oʻrinbosari, 1955 y.danyildan mudofaa vaziri. 1956—57 y.lardayillarda KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, aʼzosi. 1957 y.yil okt.dan [[Nikita Xrushchyov]] koʻrsatmasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. 1958 y.yil Qurolli Kuchlar saflaridan boʻshatilgan.
 
== Manbalar ==