Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 45:
 
== Yoshlik yillari ==
[[Fayl:Ismail Enver Bey in Cyrenaica.jpg|thumb|160px|left|Anvar posho Italyan-turk urushi davrida 1911—1912 yillar]]
Ismoil Anvar 1881-yilning 22-noyabrida Istanbulda temir yo‘l ishchisi Xoji Ahmadbey va Oysha Diloro oilasida tug‘ilgan. Etnik jihatdan otasi turk, onasi alban (buvisi cherkeshen qavmidan). Otasi jamoat ishlari idorasida faoliyat yuritgan Anvardan tashqari oilada yana uch farzand bor edi; Nuri, u harbiy bo‘lgan, Komil va singlisi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni bitirgandan so‘ng Monastir shahridagi harbiy litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Leytenant lavozimi bilan litseyni bitiradi. Harbiy bilimini Harbiy akademiyaning Bosh shtabida davom ettiradi, 1903-yilda u yerni kapitan lavozimi bilan bitiradi. 1906-yil mayorlik lavozimidagi Anvar „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan „Vatan va hurriyat“ maxfiy jamiyati bilan aloqa o‘rnatadi.
1908-yil iyunida rus imperatori Nikolay II va ingliz qiroli Eduard VII o‘rtasida Ravelda imzolangan Makedoniyani isloh qilish to‘g‘risidagi kelishuv usmoniy ofitserlar qulog‘iga yetib boradi. U ofitserlarni sergaklikka chorlaydi, chunki Makedoniyada turgan usmoniy harbiylari buni Usmoniylar imperiyasining bo‘linishi sifatida qabul qilishadi. O‘sha yilning 3-iyulida Makedoniyaning Rasen shahrida mayor Ahmad Niyozibey boshchiligida g‘alayon ko‘tailadi. 6-iyulda g‘alayonga Anvar ham qo‘shiladi. Bir necha kun ichida Anvarning qo‘shinlari soni bir necha ming kishiga yetadi. 1908-yilning 10-iyulida mitingda, to‘plardan uch karra o‘q uzilib, Anvar Usmoniylar imperiyasi konstitutsiyasi tiklanganini eʼlon qiladi. Shundan so‘ng musulmonlar va nasroniylar o‘rtasida inoqlik kuchaya boradi. Anvarning ildam harakatlari va g‘alabasi unga xalq ichida mashhurlikni olib keladi. Unga Ozodlik qahramoni deya nisbat berishadi, hattoki uni Napoleon I bilan tenglashtira boshlashadi. Inqilob nashidasi va to‘satdan kelgan kelgan mashhurlik Anvarda o‘zining „alohida taqdirli“ va „xudo yarlaqagan“ inson ekanligiga ishonchini oshiradi.