Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 86:
 
Anvar poshoning qabri 1930-yillargacha ziyoratgoh sifatida mashhur bo‘lgan, keyinchlik sho‘rolar uning qabrini buzib, joyini tekislab tashlashgan lekin tub aholi qabr o‘rnini ziyorat qilishda davom etishgan. Bu qabr xalq ichida Mozori Hazrati-Shoh nomi bilan mashhur. 1996-yil 4-avgustda Anvar poshoning suyaklari Baljuvon hokimi Izzatullo Hayoyev tomonidan tantanali ravishda Turkiya prezidenti Sulaymon Demirelga topshirilgan.
 
== Anvar posho shaxsiga baholar ==
Qizil armiya, istiqlolchilar, amir bilan qator kelishuvlar va nizolarga yo‘l qo‘ygan Anvar poshoning shaxsiga bir tomonlama baho berish juda mushkul. Nima bo‘lganda ham u o‘ziga, Turkistonda panturkchilik davlati qurish haqidagi o‘z qarashlariga oxirigacha sodiq qoldi. U asosan „Islom qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni va Buxoro amiri noibi“ lavozimidan foydalangan. Anvar poshoning shaxsiy muhriga „Islom qo‘shinlarining Oliy Bosh qo‘mondoni, Xalifaning kuyovi va Muhammad(s.a.v.)ning noibi“ deb o‘yib yozilgan.
O‘z vaqtida Anvar o‘zining sayyidlar avlodidan ekanligini targ‘ib qilishga uringan. Uning ota tomondan ajdodi pravoslav dinidagi gagauzlardan bo‘lib, Qrim xonlariga xizmat qilgan, keyinroq islomni qabul qilib, Bog‘chasaroy xizmatkorlaridan biriga uylangan, Qrimni Rossiya bosib olganidan so‘ng, Dunay knyazliklariga ko‘chib ketgan. Shunday ekan, Anvar Muhammad (s.a.v.) avlodlariga hech qanday aloqador emasligini taʼkidlash joiz.