Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 47:
[[Fayl:Ismail Enver Bey in Cyrenaica.jpg|thumb|160px|left|Anvar posho Italyan-turk urushi davrida 1911—1912 yillar]]
Ismoil Anvar 1881-yilning 22-noyabrida Istanbulda temir yo‘l ishchisi Xoji Ahmadbey va Oysha Diloro oilasida tug‘ilgan. Etnik jihatdan otasi turk, onasi alban (buvisi cherkeshen qavmidan)<ref>{{cite web|url=http://lwww.studylight.org/enc/bri/view.cgi?n=10446|title=Enver Pasha|publisher=Encyclopedia Britannica|date=1911|archiveurl=https://www.webcitation.org/65CYp4iz9|archivedate=2012-02-04}}{{oq|en|"ENVER PASHA (188r -), leader of the Young Turks, was of very humble origin. He was born in Abana, near the Black Sea, where his father was a bridge-keeper and his mother followed the despised profession of laying out the dead. His father was Turkish, his mother Albanian, and he had a Circassian grandmother.}}</ref>. Otasi jamoat ishlari idorasida faoliyat yuritgan Anvardan tashqari oilada yana uch farzand bor edi; Nuri, u harbiy bo‘lgan, Komil va singlisi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni bitirgandan so‘ng Monastir shahridagi harbiy litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Leytenant lavozimi bilan litseyni bitiradi<ref name=autogenerated2>Вдовиченко Д. И. Энвер-паша // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 43.</ref>. Harbiy bilimini Harbiy akademiyaning Bosh shtabida davom ettiradi, 1903-yilda u yerni kapitan lavozimi bilan bitiradi. 1906-yil mayorlik lavozimidagi Anvar „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan „Vatan va hurriyat“ maxfiy jamiyati bilan aloqa o‘rnatadi.
1908-yil iyunida rus imperatori Nikolay II va ingliz qiroli Eduard VII o‘rtasida Ravelda imzolangan Makedoniyani isloh qilish to‘g‘risidagi kelishuv usmoniy ofitserlar qulog‘iga yetib boradi. U ofitserlarni sergaklikka chorlaydi, chunki Makedoniyada turgan usmoniy harbiylari buni Usmoniylar imperiyasining bo‘linishi sifatida qabul qilishadi. O‘sha yilning 3-iyulida Makedoniyaning Rasen shahrida mayor Ahmad Niyozibey boshchiligida g‘alayon ko‘tailadi. 6-iyulda g‘alayonga Anvar ham qo‘shiladi. Bir necha kun ichida Anvarning qo‘shinlari soni bir necha ming kishiga yetadi. 1908-yilning 10-iyulida mitingda, to‘plardan uch karra o‘q uzilib, Anvar Usmoniylar imperiyasi konstitutsiyasi tiklanganini eʼlon qiladi<ref name=autogenerated1>Вдовиченко Д. И. Энвер-паша // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 44.</ref>. Shundan so‘ng musulmonlar va nasroniylar o‘rtasida inoqlik kuchaya boradi. Anvarning ildam harakatlari va g‘alabasi unga xalq ichida mashhurlikni olib keladi. Unga Ozodlik qahramoni deya nisbat berishadi, hattoki uni Napoleon I bilan tenglashtira boshlashadi. Inqilob nashidasi va to‘satdan kelgan kelgan mashhurlik Anvarda o‘zining „alohida taqdirli“ va „xudo yarlaqagan“ inson ekanligiga ishonchini oshiradi<ref name=autogenerated1 />.
Inqilobdagi g‘alaba va 1876-yilgi konstitutsiyaning tiklanishidan so‘ng Anvar diplomatik missiya bilan Berlinga jo‘naydi. 1909-yil Anvar Berlindagi harbiy attashe lavozimiga tayinlanadi va u yerda ikki yil qolib ketadi. Germaniyada o‘tgan ikki yil davomida Anvar ashaddiy nemisparastga aylanadi. Ayniqsa uni nemis armiyasi, undagi qatʼiy intizom, harbiy tayyorgarlik va zamonaviy qurollanish o‘ziga mahliyo qiladi.
1911-1912 yillardagi Italyan-turk urushida Usmoniylar imperiyasining mag‘lubiyati xalq orasida yoshturklarning obro‘si tushishiga sabab bo‘ladi. 1912-yil mamlakatda „Hurriyat va inoqlik“ partiyasi ishtirokida davlat to‘ntarishi bo‘lib o‘tadi. Partiya aʼzolari hukumat tepasiga chiqqach asosiy o‘rinda yoshturklar bo‘lgan parlament tarqatib yuboriladi.